Salomatlik

Mingdan ziyod mahalla tibbiyot punkti tashkil etiladi

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.

Mingdan ziyod mahalla tibbiyot punkti tashkil etiladi

 

Prezidentimizning tegishli Farmon va qarorlarida 2022-yilda 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinika, shuningdek, 1 002 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etilishi belgilangan edi.

 

Vazirlik xabarida keltirilishcha, Dehqonobod tumanining Oqirtma mahallasida 3,5 ming nafar aholi yashaydi. Biroq bu manzildan hudud polikinikasigacha bo‘lgan masofa 46 kmga teng. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Shu bois, birlamchi tibbiyot tizimini xalqqa yaqinlashtirish maqsadida joriy yil davomida 105 ta oilaviy shifokor punkti va 31 ta oilaviy poliklinikani ishga tushirish reja qilingan.

 

Hozirgacha shundan 76 ta oilaviy shifokor punkti va 20 ta oilaviy poliklinika faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Lekin bu mavjud ehtiyojni to‘liq qoplay olmaydi.

 

Shundan kelib chiqib, yil yakuniga qadar 1002 ta mahalla tibbiyot punktini ishga tushirish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda joylarda 505 ta shunday muassasa aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

 

Homilador ayollar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va to‘shakka mixlanib qolgan bemorlar patronaji, shuningdek, sog‘lom turmush targ‘iboti ushbu muassasalar tomonidan olib boriladi

 

“Mahalla tibbiyot puktlarida oilaviy shifokor va patronaj hamshirasi tomonidan qon bosimi hamda tana haroratini o‘lchash, zarur hollarda shoshilinch tibbiy xizmat ko‘rsatish, ko‘rsatmaga muvofiq vena va mushak orasiga inyeksiyalar yuborish kabi birlamchi tibbiy xizmat amalga oshiriladi. Shuningdek, bu yerda rejaga muvofiq, bolalarda emlash ishlari, aholi orasida keng tarqalgan endokrin kasalliklarining dastlabki skrining tadbirlari amalga oshiriladi”, – deyiladi xabarda.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"