Siyosat

Shavkat Mirziyoev Turkiya rahbari bilan telefonlashdi

Muloqotda SHHT doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

Shavkat Mirziyoev Turkiya rahbari bilan telefonlashdi

 

 

Bugun, 15-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

 

Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng koʻlamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

 

Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq oʻzaro aloqalar va sermahsul almashinuvlar yuqori surʼatda davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Oʻzbekistonda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qoʻshma investitsiya loyihalari faol amalga oshirilmoqda. Oʻzaro savdo koʻrsatkichlari oʻsmoqda, transport va logistika sohalarida kooperatsiya aloqalari kuchaymoqda. Birgalikdagi gumanitar dasturlar roʻyobga chiqarilmoqda.

 

Ikki mamlakat yetakchilari mintaqaviy masalalarga toʻxtalar ekanlar, avgust oyining boshida Toshkent shahrida Oʻzbekiston, Turkiya va Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo va transport vazirlarining uchrashuvi muvaffaqiyatli oʻtkazilganidan gʻoyatda mamnun ekanlarini taʼkidladilar. Ushbu formatdagi amaliy hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

 

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

 

Davlat rahbari shu kunlarda Turkiyaning Konya shahrida oʻtayotgan va oʻzbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan beshinchi Islom birdamligi oʻyinlari yuksak darajada tashkil etilganini alohida taʼkidladi.

 

Oʻzbekiston va Turkiya Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoev Turkiya rahbari bilan telefonlashdi | Zamon.uz