Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefonlashdi

Muloqotda mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashilgan.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefonlashdi

 

Bugun, 16-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Muloqotda ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalar koʻrib chiqildi, mintaqaviy hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.

 

Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish, xususan, Oʻzbekiston va Rossiyaning hududlari va tadbirkorlari darajasidagi ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi. 

 

Taʼkidlanishicha, joriy yilning yetti oyida tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi. Ayni paytda savdo koʻrsatkichlarining oʻsishi yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlarni oʻzaro yetkazib berishni koʻpaytirish hisobiga taʼminlanmoqda.

 

Hududlar oʻrtasida faol va samarali almashinuvlar amalga oshirilmoqda, shu yilning kuzida uchinchi Oʻzbekiston-Rossiya hududlar forumini oʻtkazish rejalashtirilgan. Muhim investitsion loyihalar va madaniy-gumanitar dasturlar davom ettirilmoqda.

 

Suhbatda Oʻzbekiston va Rossiya yetakchilari, eng avvalo, amaliy sheriklikni aniq, sifatli mazmun bilan boyitish boʻyicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish orqali mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdilar.

 

Shuningdek, boʻlajak ikki va koʻp tomonlama tadbirlar rejasi muhokama qilindi. Davlat rahbarlari joriy yil sentyabr oyida Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini tashkil etish va oʻtkazish masalalariga alohida toʻxtaldilar.

 

Oʻzbekiston Prezidenti va Rossiya Prezidentining telefon orqali muloqati har doimgidek konstruktiv, ochiq va doʻstona ruhda oʻtdi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefonlashdi | Zamon.uz