Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga qaytmoqda
Davlat rahbari tunda Umra amallarini ado etib, Jiddadan Toshkentga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Jidda shahridan jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.



Qirol Abdulaziz xalqaro aeroportida Mirziyoyevni Makka viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi shahzoda Badr bin Sulton bin Abdulaziz boshchiligidagi yuqori martabali amaldorlar kutib olgandi.







