Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidentiga taʼziya maktubi yo‘lladi
Mamlakatda sodir bo‘lgan YTHda ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Mardin va Gaziantep provinsiyalarida yuz bergan yo‘l harakati hodisalari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog‘anga taʼziya maktubi yo‘lladi.
Davlat rahbari marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlar tezda sog‘ayib ketishini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 20-avgust kuni Turkiyaning Mardin viloyatida 4 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 19 kishi halok bo‘lgan va 26 kishi jarohatlangan. Ularning 6 nafari og‘ir ahvolda.








