Jahon

Elektromobillar: ularning ommalashuviga nimalar sabab bo‘lmoqda?

2035-yilga borib Yevroittifoq davlatlari to‘liq “yashil” avtomobillarga o‘tishi mumkin.

Elektromobillar: ularning ommalashuviga nimalar sabab bo‘lmoqda?

 

Bir necha yil avval dabdaba ramzi bo‘lgan avtomobil bugun hayotning ajralmas qismiga, zaruratga aylandi. Kundan kunga mashinalarga talab oshib bormoqda. Bu esa ularning atrof-muhitga ta’siri masalasini kun tartibiga chiqaradi. 

 

Iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammolar barcha texnologiyalarning ekologiyaga ta’sirini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilmoqda. Barcha iqtisodiyot tarmoqlarining “yashil” loyihalarga o‘tishi o‘ziga xos trendga aylanyapti. Bu avtomobilsozlikni ham chetlab o‘tmadi. Hozirda dunyoning yirik avtokonsernlari elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqda. 

 

Masalan, o‘tgan yili Yevropa Komissiyasi avtomobillardan is gazi chiqishini kamaytirishga doir o‘z  takliflarini e’lon qildi. Xususan, unda 2025 yilga kelib an’anaviy yonilg‘ida harakatlanadigan mashinalar hajmini 15 foizga, 2030 yilda esa 55 foizga kamaytirish belgilangan. 2035 yilga kelib YeI davlatlari to‘liq “yashil” avtomobillarga o‘tishi lozimligi ta’kidlangan. 

 

Elektromobillar ulushini oshirish qator strukturaviy masalalarni yechish orqali amalga oshiriladi. Masalan, ularni ishlab chiqarish uchun barqaror xomashyo bazasiga ega bo‘lish, ularni zaryadlash stansiyalarini ko‘paytirish va eng muhimi avtomobil tannarxining arzonligi muhim ahamiyatga ega. 

 

Ushbu turdagi mashinalarning ishlab chiqarishning kengayib borishi ayrim turdagi foydali qazilmalarga, xususan, litiy, nikel, kobalt, grafit va kamyob metallarga bo‘lgan talab oshdi. Bu ishlab chiqaruvchilarni yangi bozorlar, yangi hamkorlar izlashga majbur qilmoqda. Talab ayniqsa, Xitoyga yuqori, aynan shu davlat elektromobillar ishlab chiqarishda yetakchi. Bundan buyon ularga bo‘lgan talab yanada oshadi, chunki, deyarli barcha avtomobil kompaniyalari “yashil” loyihalarni ko‘paytirishga harakat qilmoqda. 

 

Zaryadlash stansiyalarini ko‘paytirish yana bir muhim masala. Yuqorida nomi tilga olingan Yevrokomissiya takliflarida shu maqsad uchun 50 milliard investisiya zarurligi qayd etilgan. ETAuto nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-2027 yilda ushbu sektor yiliga o‘rtacha 20 foizdan o‘sadi. 2027 yilda zaryadlash stansiyalari sonini 2.8 millionga yetishi taxmin qilingan. 

 

Elektromobillar ommalashuviga eng katta to‘siq bu ularning narxi bo‘lib qolmoqda. Dunyo bozorida ularning o‘rtacha narxi odatiy mashinalarga nisbatan ikki barobar qimmat. Ammo iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq muammo oxir-oqibat ularning narxi arzonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. 

 

O‘zbekistondagi vaziyat 

 

O‘zbekiston ham global trendlardan ortda qolmaslikka harakat qilmoqda. Xususan, 2021 yil noyabrida Glazgoda bo‘lib o‘tgan xalqaro iqlim konferensiyasida Toshkent 2030 yilda elektromobillarning avtotransportdagi ulushini 20 foizga yetkazish bo‘yicha majburiyat oldi. 

 

Respublikada so‘nggi yillarda elektromobillar ulushi ortdi. Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning birinchi yarmida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ushbu mashinalar importi 4.5 barobarga ortgan (1125 ta). 


Hukumat elektrokarlarni ommalashtirish uchun qator ishlarni amalga oshirmoqda. Masalan, hozirgi kunda ular aksiz va bojxona to‘lovlaridan, shuningdek, turli yig‘imlardan ozod qilingan. 

 

Bundan tashqari, yaqin yillarda O‘zbekistonning o‘zida elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. 2022 yil 20 avgust kuni “O‘zavtosanoat” Xitoyning BYD avtokorxonasi bilan bu bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Agar ushbu loyiha amalga oshirilsa, yaqin yillar ichida elektromobillar hajmi keskin ortadi. Sababi, BYD dunyoning eng katta ishlab chiqaruvchilaridan biri. 

 

“Yashil” mashinalarning ko‘payishi Respublika bo‘ylab zaryadlash stansiyalarining ham ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. PlugShare portali ma’lumotlariga ko‘ra, poytaxtdan tashqari 7 viloyatda bu kabi stansiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

 

custom img

Putinga istalgan mamlakatga hujum qilish vakolati berildi

Davlat Dumasi prezidentga rossiyaliklar ta’qibga uchrayotgan mamlakatlarga qo‘shin kiritish vakolatini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi.

custom img

Qirg‘izistonda rus tilidagi qishloqlar nomi o‘zgartiriladi — Sadir Japarov

Mazkur jarayonni 2027-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan.

custom img

Hind okeanida rohinja muhojirlari qayig‘i halokatga uchrab, 250 kishi bedarak yo‘qoldi

Shuningdek hodisa oqibatida bangladeshliklar va bolalar ham bedarak yo‘qolgan. Fojia rohinjalarning uzoq davom etayotgan majburiy ko‘chirilishi bilan bog‘lanmoqda.

custom img

Sadir Japarov aholi punktlariga shaxslar nomini berishni taqiqladi

Qirgʻiziston prezidentining ta’kidlashicha, bunday masalalar jamiyatda bo‘linish va bahslarga sabab bo‘lmoqda.

custom img

Hormuz bo‘g‘ozidagi tanglik global oziq-ovqat inqiroziga olib kelishi mumkin — BMT

Bo‘g‘oz orqali yuk tashish tiklanmasa, yaqin oylar ichida oziq-ovqat narxlari keskin ko‘tarilishi mumkin.

custom img

O‘zbekiston fuqarolariag Germaniyadagi harbiy muzeyga kirish ta'qiqlandi

Shuningdek, Rossiya, Ukraina, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Xitoy, Shimoliy Koreya va boshqa bir qator davlatlarga ham cheklov joriy etilgan.

custom img

Makron AQSh va Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirdi

Fransiya prezidenti shuningdek, Donald Tramp va Mas'ud Pezeshkianni Islomobodda to'xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashga undadi.

custom img

AQSh va Eron yaqin kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni tiklashi mumkin — Reuters

Manbalarga ko‘ra, Tehron muzokaralarning yangi bosqichiga tayyor, AQSh pozitsiyasi esa hali noma’lum.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"