O'zbekiston

O‘zbekiston "Eco Expo Central Asia 2026" doirasida xalqaro ekologik hamkorlikni kengaytirmoqda

Muzokaralarda ko‘kalamzorlashtirish, bioxilma-xillikni muhofaza qilish, chiqindilarni boshqarish, havo sifatini yaxshilash va ekologik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha asosiy milliy tashabbuslar taqdim etildi.

O‘zbekiston "Eco Expo Central Asia 2026" doirasida xalqaro ekologik hamkorlikni kengaytirmoqda

"Eco Expo Central Asia 2026" xalqaro ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ekologiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy idoralar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

 

 

Jumladan, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (IUCN) bosh direktori Gretel Agilar bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda biologik xilma-xillikni muhofaza qilish, tabiatga asoslangan yechimlarni joriy etish, qo‘riqlanadigan hududlarni boshqarishni takomillashtirish va ekoturizmni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Tomonlar bioxilma-xillikni saqlash bo‘yicha yangilangan milliy strategiyani ishlab chiqish, Markaziy Osiyoning mintaqaviy Qizil ro‘yxatini yaratish hamda transchegaraviy muhofaza etiladigan hududlarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi. 

 

Shuningdek, IUCNning Toshkentdagi mintaqaviy ofisi bilan hamkorlikni kengaytirish va Global ekologik fondning yangi dasturlari doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

 

BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti bosh direktori o‘rinbosari Fatu Haydar bilan uchrashuvda esa “yashil” sanoatlashtirish, ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va sanoatni modernizatsiya qilish yo‘nalishlaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Muloqot davomida ko‘kalamzorlashtirish, bioxilma-xillikni muhofaza qilish, chiqindilarni boshqarish, havo sifatini yaxshilash va ekologik ta’limni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tashabbuslar taqdim etildi. Shuningdek, eng yaxshi mavjud texnologiyalarni joriy etish, iqlim innovatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda startaplarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

 

Ko‘rgazma doirasida National Geographic Society’ning ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha direktori Ian Miller bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning tabiiy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, ilmiy tadqiqotlar, ekologik ma’rifat hamda hujjatli filmlar yaratish sohalaridagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Tomonlar Orolbo‘yi hududi, tog‘ va cho‘l ekotizimlarida qo‘shma ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etish, shuningdek, mintaqaning tabiiy boyliklarini targ‘ib qiluvchi hujjatli filmlar va raqamli kontent yaratish imkoniyatlarini muhokama qildi.

 

 

Shuningdek, Oman Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi prezidenti Abdulla bin Ali Al Amri bilan uchrashuvda cho‘llanishga qarshi kurash, suv resurslarini boshqarish, chiqindilar bilan ishlash va bioxilma-xillikni asrash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

 

O‘zbekiston tomoni "Green University" huzuridagi Cho‘llanishga qarshi kurash va cho‘l iqtisodiyotini rivojlantirish mintaqaviy tadqiqot markazi bazasida qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar hamda qumlarni mustahkamlash texnologiyalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borishni taklif etdi.

 

Rasmiylarga ko‘ra, mazkur uchrashuvlar O‘zbekistonning ekologik diplomatiya, barqaror rivojlanish, “yashil” iqtisodiyot va iqlim kun tartibi yo‘nalishlarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlarini namoyon etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev dehqon, fermerlar hamda barcha qishloq xo‘jaligi xodimlarini tabrikladi

O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta yetishtirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

Prezident Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilarining Aqaba jarayoni doirasidagi uchrashuvida ishtirok etadi.

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Toshkentda havo sifati yaxshilanadi: yog‘ingarchilik kutilmoqda

Yog‘ingarchilik havodagi PM2.5 va PM10 zarrachalari miqdorini kamaytirib, havo sifatining yaxshilanishiga yordam berishi mumkin.

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

“O‘zgarishlarni eng murakkab joydan boshlash uchun bordik”: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi narkologiya muassasasida bo‘ldi

Mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida narkologiya tizimini tubdan yangilashga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi ma’lum qilindi.

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Filtri nosoz issiqxonalar va korxonalar faoliyati to‘xtatildi: havo sifati nazorati kuchaytirilmoqda

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Qashqadaryoda 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan barqaror ta’minlanadi

Saida Mirziyoyeva Qashqadaryoda suv ta’minotini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratdi.

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Toshkentda issiq suv nega loyqalandi? Veolia izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim xonadonlarga jigarrang tusli issiq suv kelayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Olot tumani hokimi “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi

Uning hududni rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishga qo‘shgan hissasi e’tirof etildi.