Jahon

Eron Quvayt xalqaro aeroportiga aviazarba berdi

Aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

Eron Quvayt xalqaro aeroportiga aviazarba berdi

 

Quvayt xalqaro aeroportining yo‘lovchi terminaliga Eronning dron va raketalar bilan uyushtirilgan hujum oqibatida bir necha kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi hamda fuqaro aviatsiyasi idoralari ma’lum qildi.

 

Mudofaa vazirligi vakili polkovnik Saud Abdulaziz al-Attvonning bildirishicha, aeroportning T1 yo‘lovchi terminali bir nechta uchuvchisiz uchish apparatlari tomonidan nishonga olingan. Hujum natijasida moddiy zarar yetgan va jarohatlanganlar qayd etilgan.

 

Quvaytning KUNA axborot agentligi xabariga ko‘ra, hodisadan so‘ng aeroportda favqulodda vaziyatlarga javob berish rejasi ishga tushirilgan. Havo hujumi aeroport infratuzilmasining ayrim obyektlariga zarar yetkazgan.

 

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida aeroport faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Chiquvchi reyslar kechiktirilgan, kiruvchi samolyotlar esa boshqa aeroportlarga yo‘naltirilmoqda.

 

Quvayt Qurolli Kuchlari vaziyatni nazorat qilayotganini va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday tahdidlarga javob berishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

 

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Rossiya droni Kamishevaxada qutqaruvchilarga hujum qildi: Zelenskiy buni shafqatsizlik deb atadi

Dron Zaporojjya viloyatida 55 kishi halok bo‘lgan aviazarba oqibatlarini bartaraf etayotgan qutqaruvchilarga hujum qildi.

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Isroilda Netanyahuning raqibiga imkoniyat berildi: yangi hukumatni shakllantirish unga topshirildi

Bu qaror parlamentdagi ko‘pchilikni yo‘qotgan amaldagi bosh vazir Benyamin Netanyahuning hokimiyatda qolish imkoniyatlarini yanada murakkablashtirdi.

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari Makronni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqqan: maxfiy bunker bor

Fransiya maxsus xizmatlari 2027-yilgi prezidentlik saylovlari davrida yuz berishi mumkin bo‘lgan tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Yaponiyada 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi: kamida 22 kishi jarohatlandi

Rasmiylar yaqin kunlarda yana kuchli zilzilalar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning quruqlikdagi ta’minot yo‘llarini ham to‘smoqchi: maxsus guruh tuzildi

AQSH Eronning dengizdagi ta’minot yo‘llariga qo‘yilgan blokadani quruqlikdagi yo‘nalishlarga ham kengaytirmoqda.

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

G‘azoda kuchli yomg‘ir: 70 mingta chodirni suv bosdi

Chodirlar o‘rniga yig‘ma uylar yetkazib berilishi kerak edi. Biroq Isroil ularni G‘azoga olib kirishga ruxsat bermagan.

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Polshaning Krakov shahrida otishma yuz berdi: besh kishi halok bo‘ldi

Politsiya hujumchi yolg‘iz harakat qilganini va jamoatchilik uchun boshqa xavf yo‘qligini bildirgan.

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Rossiya Ukrainaga yangi zarba berishga tayyorlanmoqda — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Ukraina Havo kuchlari va Qurolli kuchlari ehtimoliy hujumdan himoyalanishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi.