Jahon

AQSH 60 ta davlatga qo'shimcha bojlar joriy qilmoqchi

Tariflar Kanada, Meksika va bir qator Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga ta'sir qilishi mumkin.

AQSH 60 ta davlatga qo'shimcha bojlar joriy qilmoqchi

 

AQSh ma’muriyati 60 ta davlatdan import qilinadigan ayrim mahsulotlarga qo‘shimcha bojlar joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tashabbus ushbu mamlakatlarning majburiy mehnatga qarshi kurash borasidagi sa’y-harakatlari yetarli emasligi bilan izohlanmoqda. Vashington amaldagi savdo sharoitlari amerikalik ishlab chiqaruvchilar uchun teng raqobat muhitini ta’minlamayotganini ta’kidlamoqda.

 

AQSh Savdo vakili idorasi tomonidan tayyorlangan taklifga muvofiq, Kanada, Meksika hamda Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlarini o‘z ichiga olgan 15 mamlakat mahsulotlariga 10 foizlik qo‘shimcha boj joriy etilishi mumkin. Tekshiruv ostidagi yana 45 davlat uchun esa tariflar 12,5 foizgacha oshirilishi rejalashtirilgan.

 

AQSh savdo vakili Jeymison Grinning ta’kidlashicha, hozirgi import tizimi amerikalik ishchilarni global bozorda teng bo‘lmagan sharoitlarda raqobat qilishga majbur qilmoqda.

 

Shuningdek, ayrim to‘qimachilik mahsulotlarini imtiyozli tariflar asosida import qilish mexanizmi ham taklif etilgan. Biroq ushbu tashabbusning aniq tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.

 

Taklif etilayotgan bojlar energiya resurslari, metallar, mol go‘shti, qahva va farmatsevtika mahsulotlariga tatbiq etilmaydi. Mazkur tashabbus bo‘yicha jamoatchilik muhokamalari 7-iyul kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, taklif va mulohazalar 6-iyulgacha qabul qilinadi.

custom img

«Uning hech qachon qo‘llanilmasligiga kafolat yo‘q»: Putin yadroviy qurol haqida gapirdi

Rossiya prezidenti "Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida yadroviy qurol qo‘llanishi ehtimoli haqida gapirib, uni teatr sahnasida devorga osilgan va oxir-oqibat o‘q uzishi kerak bo‘lgan miltiqqa qiyosladi.

custom img

Xarkovga aviabombalar tashlandi: halok bo‘lganlar soni ikki kishiga yetdi

Avvalroq bir kishi halok bo‘lgani va to‘qqiz kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

custom img

Latviyada rus tiliga taqiq qo‘yildi: jamoat teleradiokompaniyasi kontenti cheklandi

Yangi tartib 2027-yil 1-yanvardan kuchga kiradi, rus tilidan esa faqat favqulodda vaziyatlar va dezinformatsiyani rad etish kabi ayrim holatlarda foydalanishga ruxsat beriladi.

custom img

Migrantlar uchun yangi talab: ishga joylashish haqida qachon xabar berish kerak?

Rossiyada patent asosida ishlayotgan migrantlar uchun xabarnoma berish tartibi yangilandi.

custom img

Har 10 qochqin boladan 4 nafari maktabga bormayapti — BMT

2025-yilda dunyo bo‘ylab maktab yoshidagi 13,1 mln qochqin bolaning 5,8 mln nafari ta’limdan chetda qolgan.

custom img

“Endi qoidalar yo‘q”: Zelenskiy Rossiya hujumlari kuchayishini aytdi

Ukraina prezidenti Rossiya harbiy qo‘mondonligiga hujumlar bo‘yicha avvalgi cheklovlarni bekor qilish topshirig‘i berilgani haqida bayonot berdi.

custom img

Ikki mahbus sabab mojaro: Janubiy Koreya Ukrainadan uzr talab qildi

Prezident Li Chje Myon Kiyev uzr so‘ramasa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

custom img

Kaʼbani portlatishga urinish bo‘lganmi? Saudiya rasmiylari javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Makkada xudkush terrorchi qo‘lga olingani haqida videolar tarqaldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"