Sport

O‘zbekiston terma jamoasining JCHdagi o‘yinlari maktablardagi “Muxlislar maydoni”da namoyish etiladi

Maxsus fan-zonalarda muxlislar terma jamoa uchrashuvlarini katta ekranlar orqali birgalikda kuzatish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston terma jamoasining JCHdagi o‘yinlari maktablardagi “Muxlislar maydoni”da namoyish etiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionati doirasidagi o‘yinlarini jamoaviy tomosha qilish uchun mamlakat bo‘ylab 208 ta tuman va shahardagi umumta’lim maktablarida “Muxlislar maydoni” tashkil etilmoqda. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

 

Loyihaga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahrida bittadan yoki bir nechta maktablar tanlab olinib, ularda futbol uchrashuvlarini katta ekranlar orqali tomosha qilish uchun maxsus fan-zonalar tashkil etiladi. 

 

Muxlislar maydonlarining sig‘imi hududlarga qarab 50 nafardan 500 nafargacha etib belgilangan.

 

Ro‘yxatga ko‘ra, eng katta sig‘im Namangan viloyatidagi Chust tumani 75-maktab hamda Norin tumani 2-maktabida bo‘lib, har birida 500 nafargacha muxlisni qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatidagi guruh bosqich o‘yinlari jadvali (Toshkent shahri vaqti bilan) quyidagicha:

 

  • O‘zbekiston — Kolumbiya (18-iyun, soat 7:00);
  •  O‘zbekiston — Portugaliya (23-iyun, soat 22:00);
  •  O‘zbekiston — Kongo (28-iyun, soat 4:30).

 

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

Harri Keyn “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi: ingliz futbolida 25 yillik kutish yakunlandi

“Bavariya” hujumchisi 2025/26-yilgi mavsumda klub va terma jamoa safida jami 73 ta gol urib, Kilian Mbappe va Lamin Yamalni ortda qoldirdi.

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Osiyo Kubogi: O‘zbekiston MTJning o‘yin vaqtlari ma’lum bo‘ldi

Jamoa Iordaniya, Shimoliy Koreya va Bahraynga qarshi maydonga tushadi.

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

620 mln so‘mlik sovrin va jahon grossmeysterlari: “Zakovat-Gambit” finali Toshkentda

Turnirda qatnashish uchun 5 831 nafar shaxmatchi ro‘yxatdan o‘tgan bo'lib, ularning 633 nafari ayollar hisoblanadi.

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

Qatardagi xalqaro turnir: o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 ta medalni qo‘lga kiritdi

WT terma jamoasi “Qatar Open” xalqaro turnirida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Kannavaro shogirdlari yana maydonda: O‘zbekiston Rossiyaga qarshi maydonga tushadi

Terma jamoalar o‘rtasidagi bahs “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tadi.