Jahon

Rossiya fuqaroligiga ariza beruvchilar endi sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma topshiradi

Hujjat ariza berishdan ko‘pi bilan uch oy oldin olingan bo‘lishi kerak.

Rossiya fuqaroligiga ariza beruvchilar endi sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma topshiradi

 

Rossiya fuqaroligini olish tartibiga yangi talab kiritildi. Endilikda fuqarolik olish uchun ariza topshirayotgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar sudlanganlik holati mavjud emasligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etishi shart bo‘ladi.

 

Tegishli farmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan. Hujjatga ko‘ra, ma’lumotnoma ariza beruvchining fuqaroligi mavjud bo‘lgan davlatning vakolatli organi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bergan davlat tomonidan rasmiylashtirilishi lozim.

 

Shuningdek, ushbu hujjat Rossiya fuqaroligiga ariza topshirish sanasidan ko‘pi bilan uch oy oldin olingan bo‘lishi kerak.

 

Farmonda ayrim toifalar uchun istisnolar ham nazarda tutilgan. Xususan, 2028-yil 1-yanvargacha Rossiya hududiga ko‘chib o‘tgan Ukraina fuqarolari hamda Ukrainada doimiy yashab kelgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar mazkur talabdan ozod etiladi.

 

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, og‘ir yoki bartaraf etilmagan sudlanganlik holati, shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilganlik fuqarolik olish to‘g‘risidagi arizani rad etish uchun asos bo‘lishi mumkin.

 

Bundan tashqari, Rossiya hukumati fuqarolik olish uchun undiriladigan davlat bojini ham oshirishni rejalashtirmoqda. Taklif etilayotgan qonun loyihasiga ko‘ra, boj miqdori amaldagi 4 200 rubldan 50 ming rublgacha oshirilishi mumkin.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.