Shavkat Mirziyoyev AQSH delegatsiyasini qabul qildi
Uchrashuvda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Bugun, 22-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kongressmenlar Trent Kelli va Derin Laxud ishtirokidagi AQSH delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, parlamentlar o‘rtasida faol almashinuvlarni hamda kongressmenlar vakillik qilayotgan Missisipi va Illinoys shtatlari bilan amaliy hamkorlikni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratilgan.








