Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Jo‘qorg‘i Kenges sessiyasida ishtirok etdi

Unda Kengesga yangi rais tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev Jo‘qorg‘i Kenges sessiyasida ishtirok etdi

 

Bugun, 26-avgust kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

 

Uni Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari Atabek Davletov olib bordi. Sessiyaning kotibiyati saylanib, kun tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, ikkita tashkiliy masala ko‘rildi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalov betobligi sababli vakolat muddatini oldindan to‘xtatish bo‘yicha ariza bilan murojaat qilgan.

 

Bu masala ovozga qo‘yildi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Murat Kamalovning vakolat muddatini oldindan to‘xtatish va egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

 

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisini saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, bu lavozimga nomzod deputatlardan iborat Oqsoqollar kengashi tomonidan tavsiya etiladi. Shu bois Oqsoqollar kengashi tuzildi.

 

Kengash aʼzolari maslahatlashib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi lavozimiga Orinbayev Amanbay Tleubayevich nomzodini tavsiya etdi.

 

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

 

Davlat rahbari o‘z so‘zida Prezident sifatida 6 yil davomida boshqa hududlarga nisbatan eng ko‘p, yaʼni 9 marta Qoraqalpog‘istonga kelib, bu yerdagi oqsoqollar, tadbirkorlar, yoshlar vakillari bilan ko‘p-ko‘p muloqot qilganini taʼkidladi.

 

Ushbu davrda Qoraqalpog‘istonni kompleks rivojlantirishga qaratilgan 31 ta farmon va qarorlar qabul qilindi. Hududda tadbirkorlik subyektlari soni 2 barobarga ortdi, qariyb 4,5 mingta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.

 

Qoraqalpog‘istonda ichimlik suv taʼminoti 40 foizdan 68 foizga, maktabgacha taʼlim bilan qamrov darajasi 32 foizdan 76 foizga, aholi daromadlari jon boshiga 2 barobarga oshdi. 2017-2021 yillarda 26 ming 400 ta turar-joylar barpo etildi.

 

Ammo shuncha saʼy-harakatlarga, Qoraqalpog‘istonga ajratilayotgan katta-katta mablag‘larga qaramay, ichimlik suvi, ichki yo‘llar, elektr taʼminoti, ishsizlik, narx-navo kabi maslalarda muammolar saqlanib qolayotgani tanqid qilindi.

 

Davlat rahbari nomzodni lavozimga tasdiqlashdan avval uning muammolarni hal qilish va hududni rivojlantirish bo‘yicha rejalarini eshitishni taklif qildi.

 

Nomzod Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni, agrar sohani va infratuzilmani rivojlantirish, sanoat loyihalarini ko‘paytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish, taʼlim va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflarini bayon etdi.

 

Prezident bu takliflarni maʼqullab, ularni amalga oshirish uchun faqat Qoraqalpog‘iston uchun foyda solig‘i, aylanma soliq, mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini 2 barobar qisqartirishga ko‘rsatma berdi.

 

Paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirib, har bir oilaga 2 gektardan yer ajratish, Nukus shahrida sanoat texnoparki va tumanlarda tadbirkorlik zonalari tashkil etish, yo‘llarni taʼmirlash, elektr, gaz va suv taʼminotini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Amanbay Orinbayevning rahbarlik qobiliyati, vatanparvarligi va insoniy fazilatlarini hisobga olib, uning nomzodiga o‘z roziligini bildirdi.

 

“Sizning bittayu bitta vazifangiz - xalqni rozi qilish. Har bir tuman, qishloq va ovullarga kirib borib, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish kerak”, - dedi davlat rahbari.

 

Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, jamoatchilik vakillari so‘zga chiqib, nomzodni qo‘llab-quvvatladi.

 

Sanoq komissiyasi tuzildi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi lavozimiga Amanbay Orinbayev saylandi.

 

“Mana, yuksak ishonch, katta umidlar bilan yangi Rais sayladik, - dedi Prezident. - Endi u adolat, sadoqat, masʼuliyat va tartib-intizomni o‘z faoliyatiga mezon qilib olishi kerak. Xalqimiz bag‘rikeng. Vatan yagona! Birlashsakkina oldimizga qo‘ygan ulkan-ulkan marralarga albatta yetamiz”.

 

Shu bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi sessiyasi yakunlandi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Jo‘qorg‘i Kenges sessiyasida ishtirok etdi | Zamon.uz