Salomatlik

Bel og‘rig‘ini davolashning yangi va tez usuli topildi

U maxsus “miya mashg‘ulotlari”ni o‘z ichiga oladi.

Bel og‘rig‘ini davolashning yangi va tez usuli topildi

 

Avstraliyaning Yangi Janubiy Uels universiteti olimlari bel og‘rig‘idan tez va oson xalos bo‘lish imkonini beruvchi yangi davolash usulini topdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

 

Tadqiqotchilar fikricha, “Plasebo effekti” deb nomlangan bu usul bel og‘rig‘ini an’anaviy davolash, ya’ni uqalash muolajalari va dori-darmonlar terapiyasiga nisbatan ancha yuqori natija beradi. Chunki muammoning ildizi ko‘pincha belda emas, markaziy asab tizimidadir. 

 

O‘tkazilgan tajribada bel og‘rig‘idan aziyat chekayotgan bemorlar ikki guruhga bo‘lindi. Birinchi guruh 12 hafta davomida manual terapiyani qabul qildi. 


Qolganlar esa yangi usuldagi maxsus “miya mashg‘ulotlari” kursidan o‘tdi. Yakunda ikkinchi guruh eng yaxshi natijani qayd etib, bemorlar bel og‘riqlaridan xalos bo‘ldi. 

 

Tajriba mualliflarining ta’kidlashicha, bu texnologiya suyak va mushaklar yoki orqa miya disklari bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilmagan. Balki markaziy asab tizimi bilan ishlashga asoslangan.

 

Og‘riqlarning sabablari ko‘p bo‘lishi mumkin. Har bir holat o‘ziga xos yondashuvni talab qiladi. Ammo bunday omillar orasida davomli stress eng keng tarqalgani. Og‘riq sindromi mushaklarda spazm paydo bo‘lishi tufayli yuzaga keladi, bu esa normal qon aylanishiga halaqit beradi. 

 

Nofaol turmush tarziga ega hamda kamharakat kishilar bunday kasalliklarga ko‘proq moyil. Shu bois, tadqiqotchilar “yangi usul tibbiyotda katta samara beradi”, degan xulosada.

 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Bel og‘rig‘ini davolashning yangi va tez usuli topildi | Zamon.uz