Siyosat

Zoyir Mirzayev “Koreya – Markaziy Osiyo” hamkorlik Forumi kotibiyati ijrochi direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda Bo‘ka tumanida joylashgan “Buka Sports wear” korxonasini kengaytirish, ishlab chiqarish hajmi va mahsulot turini ko‘paytirish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi.

Zoyir Mirzayev “Koreya – Markaziy Osiyo” hamkorlik Forumi kotibiyati ijrochi direktori bilan uchrashdi

 

Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Seul shahrida o‘tyotgan “Koreya – Markaziy Osiyo” 14-hamkorlik forumida ishtirok etmoqda.

 

Delegatsiya forumning ilk kunida  “Koreya – Markaziy Osiyo” hamkorlik Forumi kotibiyati ijrochi direktori bilan uchrashdi. 

 

Unda O‘zbekiston mintaqadagi eng muhim strategik hamkor ekanligi, shuningdek, so‘nggi yillarda ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi iliq munosabatlar davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarning jadal tarzda rivojlanishiga turtki bo‘layotganligi taʼkidlandi.

 

Jumladan, Koreya tomoni hozirda O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar, meditsina, baliqchilik va sanoatni rivojlantirish sohalarida loyihalarni amalga oshirayotgani haqida maʼlumot berib o‘tdi.

 

Toshkent viloyati va Kyongsanbuk-do provinsiyasi hamda Koreyaning boshqa viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yana-da mustahkamlash yo‘lida Kotibiyat tomonidan kelajakda ham tegishli ishlar olib borilishiga alohida urg‘u berildi.

 

Xususan, tomonlar Bo‘ka tumanida joylashgan “Buka Sports wear” korxonasini kengaytirish, ishlab chiqarish hajmi va mahsulot turini ko‘paytirish, buning uchun qo‘shimcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish masalasini atroflicha muhokama qilishdi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"