Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq delegatsiyasini qabul qildi

 

Bugun, 8 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq delegasiyasi - ushbu nufuzli tuzilma raisi Duarte Pacheko va bosh kotibi Martin Chungongni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Davlat rahbari O‘zbekistonning Parlamentlararo ittifoq bilan sermahsul hamkorligi jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Shu kunlarda Toshkent shahrida jahon mamlakatlari parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammiti muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Uning kun tartibidan demokratik va ijtimoiy iqtisodiy yangilanishlarni qo‘llab-quvvatlashning samarali institutlarini rivojlantirish, gender siyosatni amalga oshirishga doir global va mintaqaviy ahamiyatga ega muhim masalalar o‘rin olgan.

 

Bundan tashqari, ushbu nufuzli xalqaro tashkilot bilan birgalikda qator muhim loyihalar amalga oshirildi, Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha parlament forumi va boshqa tadbirlar o‘tkazildi.

 

Parlamentlararo ittifoqning yuqori darajali vakillari O‘zbekiston yetakchisiga qo‘shma tashabbuslarni ilgari so‘rishda ko‘rsatayotgan har tomonlama ko‘mak uchun minnatdorlik bildirib, Yangi O‘zbekistondagi yangilanishlar va islohotlar dasturini to‘liq qo‘llab-quvvatladilar.

 

Uchrashuvda barqaror rivojlanish, demokratik qadriyatlarni ilgari surish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash sohalaridagi maqsad va vazifalarga erishish, ittifoqning Innovatsiyalar markazi bilan hamkorlik qilish kabi yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq delegatsiyasini qabul qildi | Zamon.uz