Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi

Narendra Modi O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi

 

Bugun, 16 sentyabr kuni Samarqandda Prezident Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Suhbat avvalida davlat rahbari oliy martabali mehmonni Hindiston mustaqilligining 75 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

 

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

 

Ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish sur’atlari mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar hamkorlikni o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda yanada kengaytirish borasida birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini ta’kidladi.

 

Yetakchilar o‘zaro savdo hajmi oshib borayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Joriy yil boshidan buyon tovar ayirboshlash 30 foizga o‘sdi. Keyingi olti yilda qo‘shma korxonalar soni 5 barobar ko‘paydi.

 

IT, sog‘liqni saqlash, farmasevtika, qishloq xo‘jaligi va turizm sohalarida investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Yaqin yillarda o‘zaro savdoni 1 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

 

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, fan va ta’lim sohalarida hamkorlik qilish dasturlarini, shuningdek, investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish bitimini tez fursatda qabul qilish va amalga oshirish zarurligi aytildi.

 

Ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

 

O‘zbekiston Hindiston bilan transport aloqalarini, shu jumladan “Chobahor” portidan foydalangan holda mustahkamlashdan manfaatdor ekani ta’kidlandi.

 

Madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muzokaralarning alohida mavzusi bo‘ldi. Keyingi yillarda O‘zbekistonda Hindistonning uchta universiteti ochildi.

 

Birinchi “Hindiston – Markaziy Osiyo” onlayn sammitining yakunlari yuksak baholandi, ushbu platforma doirasida qabul qilingan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish muhimligi qayd etildi. Hindiston tomoniga BMT Bosh Assambleyasining Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash to‘g‘risidagi rezolyusiyasini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirildi.

 

Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish va uning iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Narendra Modi O‘zbekistonning bu boradagi sa’y-harakatlarini olqishladi.

 

Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishga kelishib olindi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Hindiston Bosh vaziri bilan uchrashdi | Zamon.uz