Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi

Turkiya O‘zbekistondagi davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi

 

Bugun, 16 sentyabr kuni SHHTning Samarqand sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.

 

Redjep Tayyip Erdog‘an O‘zbekiston rahbarini SHHT sammiti muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklab, faxriy mehmon sifatida ishtirok etish taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Uchrashuvda yetakchilar o‘zaro hurmat, do‘stlik va ishonchga asoslangan ko‘p qirrali O‘zbekiston–Turkiya hamkorligini faollashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

 

O‘zaro munosabatlar har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani asnosida siyosiy-diplomatik, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada chuqurlashtirish muhimligi alohida ta’kidlandi.


Tomonlar joriy yil 29-30 mart kunlari Toshkentda oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida o‘zaro muloqotlar salmoqli darajada faollashganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

 

Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish kuzatilmoqda. Xususan, o‘tgan yilda tovar ayirboshlash 60 foizdan oshdi.

 

Qo‘shma korxonalar soni 2 mingdan ortdi. Birgina joriy yilning o‘tgan davrida yarim milliard AQSH dollariga yaqin investisiyalar o‘zlashtirildi.

 

Turkiya kompaniyalari O‘zbekistondagi davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda.

 

Qishloq xo‘jaligi, transport, elektrotexnika, to‘qimachilik va charm sanoati, innovasiyalar, yuksak texnologiyalar, turizm va madaniyat sohalarida yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

 

Istiqbolli yo‘nalish sifatida energetika tarmog‘i alohida qayd etildi. Keyingi yillarda tomonlar qariyb 1 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda.

 

Uchrashuvda bo‘lajak tadbirlar, shu jumladan Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rejasi ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlarining uchrashuvi har doimgidek samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi | Zamon.uz