Salomatlik

Dunyoda “omikron”ning turli mutatsiyalari dominant versiyalarga aylandi

Molekulyar-genetik biologiyaning 219 ta usuli yordamida jahonning turli mintaqalaridan olingan 16 ta tahlil namunasi tekshirildi.

Dunyoda “omikron”ning turli mutatsiyalari dominant versiyalarga aylandi

 

Xalqaro sog‘liqni saqlash tuzilmalari bu borada maxsus tadqiqot o‘tkazdi. Unda molekulyar-genetik biologiyaning 219 ta usuli yordamida dunyoning turli mintaqalaridan olingan 16 ta tahlil namunasi tekshirildi.

 

Yakunda tadqiq etilgan barcha natijalar “omikron” variantiga taalluqli ekanligi tasdiqlandi. Xususan, yettita holat BA.5.2 mutatsiyasi namunasi bo‘lib, u AQSHda 18 foiz, Buyuk Britaniyada 13 foiz tarqalgani taxmin qilinmoqda.

 

Yana uchta namuna esa “omikron”ning BА.5.2.1 kichik shtammiga tegishli bo‘lib chiqdi. U AQSHda aniqlanayotgan jami koronavirus mutatsiyalarining 39 foiziga teng. Qolgan boshqa holatlar BA.2, BF.5, BF.7, BА.5.1, BA.4.6 modifikatsiyalari ekanligi aniqlandi.

 

Ayni paytda mutaxassislar aholiga buster dozada vaksina olishni tavsiya etmoqda. Ularning taʼkidlashicha, emlanish koronavirusdan himoyalanishning yagona xavfsiz va samarali chorasidir.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"