Salomatlik

Dunyoda har 2 soniyada 1 kishi yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan vafot etmoqda — JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari sog‘liqni saqlash tuzilmalari rahbarlarini shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

Dunyoda har 2 soniyada 1 kishi yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan vafot etmoqda — JSST

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisoboti eʼlon qilindi.

 

JSST tomonidan 2030 yilgacha yuqumli bo‘lmagan kasalliklardan erta o‘lim ko‘rsatkichlarini uchdan bir qismga qisqartirishga qaratilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari qabul qilingan bo‘lsa-da, infarkt, insult, saraton, qandli diabet kabi noinfeksion xastaliklar yiliga 41 million nafar kishining hayotiga zomin bo‘lmoqda. Bu, dunyoda kasalliklar oqibatida qayd etilayotgan o‘lim holatlarining deyarli to‘rtdan uch qismiga teng.

 

Shundan kelib chiqib, tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus mamlakatlar sog‘liqni saqlash tuzilmalari rahbarlarini mazkur kasalliklarga qarshi kurashish borasida shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirdi.

 

Ammo hozir sanoqli mamlakatlargina ushbu hujjatda belgilangan maqsadlar ro‘yobiga erishish uchun astoydil intilmoqda, xolos.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.