O'zbekiston

Farg‘onadagi korxonada yong‘in chiqdi

Voqea joyiga 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.

Farg‘onadagi korxonada yong‘in chiqdi

 

Bugun, 22-sentabr kuni soat 04:24 da Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahri, A.Navoiy ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

 

Shunga ko‘ra, 13 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 04:26 da yetib borib, yong‘in soat 06:20 da qurshab olingan va soat 07:20 da bartaraf etilgan.



Yong‘in natijasida korxona binosining taxminan 300 kv.m maydonida tom qismi yonib zararlangan.

 

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.



Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi FVB xabarida.

custom img

Tergov izolyatorida vafot etgan tadbirkor firibgarlik ayblovi bo‘yicha oqlandi

Tadbirkor To‘dako‘l ko‘lining ijarasi va u yerdagi baliq zaxirasiga oid mojaro yuzasidan firibgarlikda ayblangandi.

custom img

1 foizlik keshbek bekor qilinmaydi — Soliq qo‘mitasi

Qo‘mitaga ko‘ra, soxta cheklar sabab o‘n minglab fuqarolarning keshbek to‘lovlari vaqtincha to‘xtatilgan.

custom img

O‘zbek ijodkorining kitobi Ozarbayjonda nashrdan chiqdi

Shuhrat Orifning “Maktubdir umrim” nomli kitobi ozarbayjon tiliga o‘girildi.

custom img

Qaysi yo‘nalishga necha ball kerak? O‘qishni ko‘chirish mezonlari ma’lum bo‘ldi

Eng yuqori ko‘rsatkich huquq, eng pasti veterinariya yo‘nalishiga belgilandi.

custom img

Zangiotada fuqaro MIBga qarshilik qilib, binoga o‘t qo‘ydi

Maʼlum bo‘lishicha, noqonuniy qurilmani majburiy buzdirish jarayonida qarzdor va uning yaqinlari faol qarshilik ko‘rsatgan.

custom img

Bolalarga zo‘ravonlik qilgan pedagoglar bir yil bog‘chalarda ishlay olmaydi

Senat bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish, aliment to‘lovlari va yetim bolalarni oilaga joylashtirish tartibini takomillashtiruvchi qonunni ma’qulladi.

custom img

To‘rt hududda kredit mablag‘larini talon-toroj qilgan bank xodimlari fosh etildi

Tekshiruvlarda imtiyozli kreditlarni noqonuniy rasmiylashtirish, qalbaki hujjatlar orqali mablag‘larni o‘zlashtirish va firibgarlik holatlari aniqlandi.

custom img

AQSHda o‘zbekistonlik haydovchi ishtirokidagi YTH oqibatida 21 yoshli yigit halok bo‘ldi

YTHda o‘zbekistonlik boshqaruvidagi yuk mashinasi yengil avtomobil bilan to‘qnashgan. Haydovchi dalillarni yashirishga uringanlikda ayblanmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"