Xorijiy agentga aylanishni istagan Pugachyova Isroil fuqaroligini oldi
U farzandlarini bilan Rossiyani tark etdi.

Telegraph sayti tomonidan buning isboti sifatida Isroil chegarachilari tomonidan haqiqiyligi tasdiqlangan Isroil pasporti surati eʼlon qilindi.

Avvlroq Pugacheva yaqinda Rossiyaga qaytganidan so‘ng yana qizi Yelizaveta va o‘g‘li Garri bilan birga tajovuzkor mamlakatni tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Federatsiyasi Adliya vazirligi teleboshlovchi va parodist Maksim Galkinni jismoniy shaxslar — chet el agentlari ro‘yxatiga kiritgandi. Vazirlik maʼlumotlariga ko‘ra, parodist Ukrainadan moliyaviy yordam olib, siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Galkin joriy yilning mart oyida Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy amaliyotiga qarshi chiqqanidan so‘ng Isroilga jo‘nab ketgan edi.







