Salomatlik

Insulinni organizmga ukolsiz yetkazib beruvchi robot yaratildi

Qurilmaning ko‘rinishi dori vositalariga o‘xshash.

Insulinni organizmga ukolsiz yetkazib beruvchi robot yaratildi

 

AQSHning Massachusets texnologiya instituti olimlari organizmga insulin va boshqa dori vositalarini “ukol”siz yetkazib beruvchi maxsus robot yaratdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

 

Yangi “RoboCap” qurilmasining ko‘rinishi xuddi dori kapsulasiga o‘xshash. Uning bir uchiga zarur preparat rezervuari o‘rnatilgan. Ikkinchi tomonidan esa moslamani harakatlantiruvchi, uni oshqozon kislotasidan himoya qiladigan va ichak shilliq qavatlaridan o‘tishiga imkon beruvchi mitti mexanizm joy olgan. Qurilma yuzasi jelatin moddasi bilan qoplangan.

 

Olimlar “RoboCap”ni jonivorlarda sinab ko‘rdi. Moslama hayvonlar organizmiga insulin va boshqa zarur preparatlarni beziyon va samarali yetkazib berish vazifasini to‘laqonli uddaladi. 

 

Endi innovatsion ishlanma insonlarda klinik sinovdan o‘tkaziladi.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Insulinni organizmga ukolsiz yetkazib beruvchi robot yaratildi | Zamon.uz