Salomatlik

Maymunchechak epidemiyasi qachon tugashi maʼlum bo‘ldi

JSST rasmiy vakili bu haqda maʼlumot berdi.

Maymunchechak epidemiyasi qachon tugashi maʼlum bo‘ldi

 

Hozirgacha mazkur virus aniqlangan mamlakatlar soni 105 taga yetgan. Laboratoriya tekshiruvlari natijasida tasdiqlangan kasallik holatlari esa 66,3 mingdan ziyodni tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, xastalik asoratlari tufayli Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa hamda Afrika qitʼalarida yashovchi 26 nafar bemor hayotdan ko‘z yumgan.

 

Epidemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlar ro‘yxatida hanuz AQSH yetakchi. Bu yerda qariyb 25 ming nafar bemor ro‘yxatga olingan. Keyingi o‘rinda 7,4 mingdan ziyod holat bilan Braziliya bormoqda. Shuningdek, Ispaniyada 7,1 ming, Fransiyada 3,9 ming, Germaniyada 3,6 ming, Buyuk Britaniyada 3,5 ming kishiga maymun chechagi tashxisi qo‘yilgan.JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha o‘tgan haftada kasallanishlar soni 7,4 foizga kamaygani ijobiy holat. Qolaversa, so‘nggi 21 kun ichida 33 mamlakatda yangi holatlar qayd etilmagan. Maymun chechagining inkubatsiya davri 21 kun ekanligini inobatga olsak, bu ham yaxshi xabardir.

 

23 mamlakatda esa, afsuski, oxirgi haftada o‘sish ko‘rsatkichlari qayd etilgan. Ular orasida Ispaniya birinchi o‘rinda.

 

Bu savolga M. Xarris “Pasayish dinamikasi — ijobiy belgi, ammo yakuniy xulosa uchun hali erta", — deya javob berdi.

 

“Muhimi, odamlar JSST tavsiyalariga amal qila boshlagan. Bugun bemorlar va xavf guruhiga mansub qatlam bilan muloqot qilmaslik, kasallik belgilari aniqlanganda, zudlik bilan shifoxonaga murojaat qilish, emlanish va shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilishning ahamiyatini anglab yetmoqda”, — deydi mutaxassis.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"