Ta'lim

O‘zbekiston OTMlari Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti bilan hamkorlik qiladi

Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 19 ta davlati BMT Kotibiyatida ro‘yxatdan o‘tgan YATBIning doimiy aʼzolari sanaladi

O‘zbekiston OTMlari Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti bilan hamkorlik qiladi

 

Ikki tomonlama hamkorlik doirasida yuqori malakali ilmiy, muhandis kadrlar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyihalar, xalqaro ilmiy forumlar va taʼlim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar yo‘lga qo‘yiladi.

 

 Respublikaning ilmiy va taʼlim tashkilotlari hamda Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi

 

Fanlar akademiyasida YATBI va O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Namangan muhandislik-texnologiyalari institutlari o‘rtasida hamkorlik shartnomalariga imzo chekildi.

 

Bundan ko‘zlangan maqsad, yuqori malakali ilmiy, muhandis kadrlar tayyorlashga qaratilgan qo‘shma loyihalar, xalqaro ilmiy forumlar va taʼlim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

 

Shuningdek, YATBI delegatsiyasi tashrifi doirasida Yadro fizikasi institutida “Bulutli hisoblashlar klasteri”ni ochish va ishga tushirish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Maʼlumot o‘rnida, Yadroviy tadqiqotlar Birlashgan instituti (YATBI) Dubna shahrida joylashgan xalqaro tadqiqot markazidir. Institut 1956-yil 26-martdan davlatlararo “YATBIni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma” asosida tashkil etilgan. YATBI xalqaro standartlariga muvofiq, BMT Kotibiyatida ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirgi vaqtda Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 19 ta davlati YATBI doimiy aʼzolari hisoblanadi. O‘zbekiston 1993-yildan beri YATBIning to‘laqonli aʼzosiga aylangan.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Rim shahrida O‘zbekiston–Italiya oliygohlari rektorlari Ikkinchi forumi bo‘lib o‘tdi

Oliy taʼlim tizimidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnomalar imzolandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"