Salomatlik

Miyadan maksimum foydalanishning sirlari

Muvaffaqiyat miyada boshlanadi. Agar siz omadli bo‘lishni xohlasangiz, o‘zingizni xuddi shunday tasavvur qiling.

Miyadan maksimum foydalanishning sirlari

 

Insoniyat haligacha tushunib yeta olmagan katta bir sir mavjud. Bilasizmi, u nima? Bu miyamizning qay tarzda ishlashi haqida. Xudo insonni shu darajada mukammal qilib yaratdiki, u har bir ishga qodir. Faqat xohish bo‘lsa yetarli. Ammo odamzod buni haligacha bilmaydi, tushunmaydi. Atrofimizda juda ko‘p o‘z xotirasidan noliydigan insonlarni uchratamiz. Bu kabi insonlar aynan shu sirni, butun dunyo olimlarini hayratda qoldirgan sirni bilishmaydi, afsus. Xo‘sh, u qanaqa sir ekan deysizmi? Bu - oddiy. Miya bizni emas, biz miyyani boshqarishimiz kerakligini anglab yetishimizdir. Xotira sustligidan nolib o‘ttirishdan ko‘ra, miyyaga buyruq berishni, undan talab qilishni, uni aldashni hattoki iltimos qilishni bilishimiz kerak. Bo‘lmagan gap дейсизми...? Keling, bir hayotiy misol keltiraman. Ko‘p hollarda soat 2:00gacha dars qilib, ertalab 6:00da turishga majbur bo‘laman. Miyya 4 soatlik uyquga to‘ymasligi tabiiy holat. Lekin men buni bemalol uddalayman. Qanday qilib deysizmi? Men uxlashdan oldin miyyamni aldayman. 4 soatlik uyqu menga bemalol yetadi, aslida ko‘p uxlash katta zarar deyman unga. Yana yakshanba kunlari uni rag‘batlantirishimni ham aytaman. Qarabsizki, ertalab budelnik jiringlashi bilan uyg‘onaman va quvnoq kayfiyatda kunimni davom ettiraman. Ishoning, hattoki kun bo‘yi uyqum ham kelmaydi. Miyam gaplarimga ishonadi. Kasalman demang, sog‘lomman deng. Bilimsizman demang, zo‘rman deng. Miyamiz barchasini eshitib turadi va ishlaringiz ham shunga qarab amalga oshaveradi.  Siqilsangiz siqiladi, kulsangiz kuladi. Barchasi o‘z qo‘lingizda. Dunyodagi eng katta kashfiyotlardan biri shuki, inson zoti o‘z hayotini o‘ziga bo‘lgan munosabatlari orqali o‘zgartira oladi. Agar muvaffaqiyatga erishmiqchi bo‘lsangiz, o‘zingizni muvaffaqiyatli deb hisoblang. Miya buni bilishi kerak. Axir unga oldin omadsizligingizni uqtirgansiz. Bir narsani unutmang,  agar siz qila olaman yoki qila olmayman deb o‘ylasangiz har ikkisida ham haqsiz.

 

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Miyadan maksimum foydalanishning sirlari | Zamon.uz