0

Bugun Ostonada MDH rahbarlari qanday tadbirlarda ishtirok etadi?

Qozog‘iston poytaxtida O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston prezidentlari ishtirokida ikkita katta tadbir o‘tkaziladi.

Bugun Ostonada MDH rahbarlari qanday tadbirlarda ishtirok etadi?

 

Bugun Ostonada Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining sammiti va “Rossiya – Markaziy Osiyo” formatidagi uchrashuv o‘tkaziladi.

 

Yig‘ilishda O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston prezidentlari ishtirok etadi.

 

Sammitda prezidentlar MDHda 2023-yil "Rus tili - millatlararo muloqot tili" yili sifatida o‘tkazish bo‘yicha Tadbirlar dasturi loyihasini maʼqullashi kutilmoqda.

 

Shuningdek, 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan gumanitar hamkorlik sohasidagi ustuvor harakatlar rejasi loyihasini ko‘rib chiqish ham kun tartibiga kiritilgan.

 

Bugun kunning ikkinchi yarmida Ostonada Rossiya-Markaziy Osiyo birinchi sammiti bo‘lib o‘tadi, uning yakunida qo‘shma bayonot qabul qilinadi.

 

Tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va rahbarlari ishtirok etadi.

 

Sammit davomida mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, mavjud geosiyosiy vaziyatda, jumladan, oziq-ovqat, xomashyo va logistika narxlari oshib borayotgan sharoitda umumiy savdo-iqtisodiy va boshqa manfaatlarni himoya qilish masalalari muhokama qilinadi.

 

Afg‘onistondagi vaziyat kontekstida mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha ham fikr almashilishi kutilmoqda.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Bugun Ostonada MDH rahbarlari qanday tadbirlarda ishtirok etadi?