O'zbekiston

Mayka sovg‘a qilingan g‘oliblar yoхud aldagani bola yaxshi(mi)?

Musobaqalarda o‘quvchilar uchun beriladigan sovg‘a ular uchun rag‘bat. Ammo so‘nggi paytlarda hisobot uchun yuzaki tadbir va musobaqalar o‘tkazib, o‘zini boshliqlar uchun yaxshi ko‘rsatayotgan mutasaddilar ham ko‘payib bormoqda.

Mayka sovg‘a qilingan g‘oliblar yoхud aldagani bola yaxshi(mi)?

 

Katta farzandim 6 yosh. Bir yarim yildan beri sportning badiiy gimnastika turiga qatnashadi. Shu vaqt oralig‘ida tuman, shahar va viloyatlar miqyosida o‘tkazilgan musobaqalarda faxrli o‘rinlarni olib keladi. Har gal musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida astoydil o‘rin olish ilinjida harakat qiladi (yashirmayman, baribir bola, albatta, unga musobaqada beriladigan sovg‘a ham muhim). Bog‘chada ham haftaning eng faol o‘quvchisi bo‘lib, tarbiyachisidan sovg‘a olib chiqadi.

 

Aslida musobaqalarda o‘quvchilar uchun beriladigan sovg‘a ular uchun rag‘bat, qaysidir ma’noda yuqori kayfiyat ulashadi. Kelasi safar bundanda ulkan yutuqlarga erishishga undaydi. Ammo so‘nggi paytlarda tadbirbozlik ilinjida, hisobot uchun yuzaki tadbir va musobaqalar o‘tkazib, o‘zini boshliqlar uchun yaxshi ko‘rsatayotgan mutasaddilar ham ko‘payib bormoqda. Ularga bolaning ko‘ngli muhim emas. Balki o‘zining amali, kursisida uzoq o‘tirish muhim. 

 

“Mayli o‘tkazdingiz ham, maqtanmang”

 

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan shaxmat turniri g‘oliblarining munosib taqdirlanmaganligi haqida xabarlar tarqaldi. 

 

Xabarda aytilishicha, shaxmat turnirining 1- va 2-o‘rin g‘oliblariga futbolka, 3-o‘rin g‘olibiga esa mayka sovg‘a qilingan. Mazkur holatni Shaxmat federasiyasi raisi Alisher Sa’dullayev nazoratga olib, vaziyatni to‘liq o‘rganishni boshlaganini ma’lum qildi.  

 

“Shaxmat turniri o‘tkazmoqchi ekansiz, oldin munosib sovrin qo‘ying, mablag‘ingiz bo‘lmasa o‘tkazmang. Mayli o‘tkazdingiz ham, maqtanmang "o‘tkazdik" deb. Yana ustiga-ustak sovg‘aga berilgan “udlinitel”, “mayka” bilan rasmga tushib, keyin maqtanib ijtimoiy tarmoqqa yuklaysiz”, — deya kinoya qilgan u. 

 

Hayitdan keyin qo‘yilgan xina...

 

Ammo  holat ijtimoiy tarmoqlarda kulgi aralash muhokamalarni keltirib chiqargach, sovrindorlarga qo‘shimcha sovg‘alar berildi. 

 

Vazirlik axborot xizmati rahbarining ma’lumot berishicha, 12 oktyabr kuni Nukusdagi 38-maktabda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Qoraqalpog‘iston bo‘limi tashabbusi bilan shaxmat bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi birinchiligi bo‘lib o‘tgan.

 

Rasmiylarning qo‘shimcha qilishicha, futbolka va maykalarga munosib ko‘rilgan g‘oliblarga ularning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etilib, qo‘shimcha tarzda elektr pechlar sovg‘a qilingan.

 

Qoraqalpog‘iston xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Taxir Dauletmuratovning aniqlik kiritishicha, sovg‘alar 36 nafar o‘quvchi va 6 nafar o‘qituvchiga berilgan. Barcha mablag‘ vazirlik hisobidan amalga oshirilgan.

 

“Hisobot va rasm uchun tanlov o‘tkazib, o‘zimizni aldamaylik”

 

Bloger Ulug‘bek Po‘latov bunday holatlarning kelib chiqishiga aslida tizim aybdorligini aytdi. Sababi, juda ko‘p tashkilot va muassasalar soxta tanlov va tadbirbozlikka o‘rganib qoldi. Saviyasiz tarzda o‘tkaziladigan tanlov va tadbirlarga esa maktab o‘quvchilari jalb qilinadi. 

 

“Tanlovlar aniq belgilangan reja-grafik asosida o‘tkazilmaydi. Kim o‘zini ko‘rsatgisi kelsa, darrov shunaqa tadbir qiladi. Tabiiyki, shoshilinch o‘tkazilgan tanlovlarga mablag‘ ajratilmaydi. Natijada esa g‘oliblar bir parcha faxriy yorliq va mana shunga o‘xshagan mayka, yog‘, “udlinitel” bilan taqdirlanadi.

 

Shuning sababli bir yil uchun belgilangan tadbir va tanlovlar ro‘yxatini tuzib, barchasini aniq reja asosida o‘tkazish kerak. Hisobot, rasm uchun tanlov o‘tkazib o‘zimizni ham, yoshlarni ham aldamaylik”, — deydi u. 

 

Qachonki, tom ma’noda bolalar kelajagi, yurt ravnaqi yo‘lida xolis ishlamas ekanmiz, ko‘zlagan maqsadlarimizga erisholmaymiz. Zero, bugungi kun yoshlari arzon sovg‘alarga sotilmaydi. Ularga sovg‘a ham kerak emas. E’tiborning o‘zi kifoya. 

 

Bahriniso Madumarova

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Gruziyaning oliy davlat mukofoti — “Oltin moʻyna” ordeni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev Orbeliani saroyining Faxriy mehmonlar kitobiga samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

custom img

Andijondagi zapravkada portlash yuz berdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bor.

custom img

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi bir yilda 20 foizga oshdi

2026-yilning birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning yalpi tashqi qarzi 82,2 mlrd dollarni tashkil etdi.

custom img

O‘zbekiston va Gruziya qo‘shma turizm loyihalarini amalga oshiradi

Gruziyaning turizmni rivojlantirish tajribasi, jumladan, soliq imtiyozlari va enoturizm yo‘nalishlari O‘zbekistonda joriy etilishi mumkin.

custom img

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimni YHXX boshligʻining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Murodbek Sherliyev egalladi.

custom img

Andijonda 15 yoshli qiz o‘zini kanalga tashlab, halok bo‘ldi

Janubiy Farg‘ona kanaliga o'zini tashlagan qizning jasadi bir kun o‘tib topilgan.

custom img

O‘zbekiston–Gruziya turizm aloqalari yangi bosqichga chiqmoqda

Gruziya turizm kompaniyalari noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Toshkent xalqaro turizm ko‘rgazmasi”da ishtirok etishga taklif qilindi.

custom img

Toshkentda bolalarga zo‘ravonlik qilingan xususiy bog‘cha yopilishi mumkin

Bog‘chada bolalarning og‘ziga mato tiqilgani va qo‘li eshik bilan qisilgani aks etgan videolar ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"