Stiv Jobsga tegishli kompyuter auksionga qo'yildi
Kimoshdi savdosi oktabr oyi oxirlariga mo'ljallangan.

Texnik afsona Stiv Jobs tomonidan foydalanilgan Macintosh SE kompyuteri Bonhamning Fan va texnologiya tarixi auksioni doirasida kimoshdi savdosiga qo‘yiladi.
Kimoshdi savdosi 25-oktabr kuni Nyu-Yorkda o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumotlarga ko’ra, qurilmaning narxi 200 000 dan 300 000 dollargacha baholangan.







