Lifestyle

Bugun respublikada yomg'irli ob-havo kuzatiladi

Togʻoldi va togʻli hududlarda yomgʻir qorga aylanishi kutilmoqda.

Bugun respublikada yomg'irli ob-havo kuzatiladi

 

TOSHKENT SHAHRI

Havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-8°, kunduzi 13-15° bo‘ladi.

 

QORAQALPOG‘ISTON

Havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 10-15° bo‘ladi.

 

XORAZM VILOYATI

Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

 

BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8°iliq , kunduzi 13-18°; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqgacha, kunduzi 10-15°bo‘ladi.

 

TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX SIRDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

 

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ba’zida esa 23-25 m/s gacha yetishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

 

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

 

Havo o’zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg’ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3-8°iliq, kunduzi 13-18° bo‘ladi.

 

RESPUBLIKANING TOG'LI HUDUDLARI

Havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo’ladi, baland tog’larda yog‘ingarchilik (yomg’ir qorga aylanishi mumkin). Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2°sovuq-3°iliq, kunduzi 3-8°iliq bo‘ladi.