Maymunchechak chekinmoqda
Kasallanish darajasi qariyb 21% ga tushgan.

JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus so‘nggi 8 haftada maymunchechak bilan kasallanish holatlari kamayganini eʼlon qildi.
Ammo ayrim davlatlarda bu ko‘rsatkich yuqoriligicha qolayotganini ham taʼkidlandi. Bosh direktorning so‘zlariga ko‘ra, "baʼzi mamlakatlarda kasallik alangasi hali cho‘qqisida turibdi".
Bu davlatlar qatoriga 4 ta o‘lim holati qayd etilgan Gana ham kiradi.
Gebreyesus barcha davlatlarda maymunchechakka qarshi vaksina va dori-darmonlar borligini bildirdi.
JSST hisobotiga ko‘ra, 16 oktabr holatiga 109 mamlakatda 73 437 ta maymunchechak bilan kasallanish holati qayd etilgan, 29 kishi kasallik qurboni bo‘lgan. 10 oktabrdan beri bir haftada 2 167ta yangi holat uchragan, bu oldingi haftaga nisbatan 20,6% kam.
Oldinroq JSST maymunchechak epidemiyasi qachon tugashini aytgandi.







