Salomatlik

Simsiz quloqchinlar va boshqa gadjetlar saratonga olib kelishi mumkinmi?

Turli mamlakatlar tadqiqotchilari simsiz qurilmalar xavfli yoki xavfsiz ekanini aniqlash uchun tajribalar o‘tkazdilar.

Simsiz quloqchinlar va boshqa gadjetlar saratonga olib kelishi mumkinmi?

 

2019-yilda internetda simsiz quloqchinlar quloqlarga kirib, miyani “nurlanishi” tufayli saraton kasalligini keltirib chiqaradi, degan xabarlar tarqaldi. Ammo o‘shanda foydalanuvchilar petitsiyaga hozirgidek 250 emas, 200 nafar olim imzo chekkanini aytishgan. Aslida, olimlar simsiz gadjetlarni umuman taqiqlash haqidagi petitsiyaga imzo chekishmagan. Relizda bir guruh olimlar uyali telefonlar va simsiz qurilmalardan ionlashtiruvchi bo‘lmagan nurlanishning odamlar uchun xavfsizligini chuqur o‘rganishga chaqirdilar. Matnda ulardan foydalanishni taqiqlash haqida biror so‘z yo‘qligi aytilmoqda.

 

Shu bilan birga, xabar qilinganidek, turli mamlakatlar tadqiqotchilari simsiz qurilmalar, xususan, quloqchinlar odamlar uchun xavfli yoki xavfsiz ekanligini aniqlash uchun haqiqatda tajribalar o‘tkazdilar. Amerika Saraton Jamiyati maʼlumotlariga ko‘ra, Bluetooth bilan ishlaydigan simsiz minigarnituralar mobil telefonga qaraganda kamroq radio to‘lqinlarni chiqaradi.

 

2019-yilda o‘tkazilgan tadqiqot simsiz quloqchinlar chiqaradigan radiatsiya quvvati mobil telefonnikidan 10-400 marta zaif ekanligini isbotladi. AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi veb-saytida 1999-yilda mobil telefonlardan keng foydalanish boshlanganidan beri miya saratoni bilan kasallanish holatlari ko‘paymaganini ko‘rsatadi. Aksincha, bu ko‘rsatkich har yili taxminan 0,2 foizga kamayib bormoqda.

 

Xulosa qilib aytganda, uyali telefondan foydalanish saraton xavfini oshirmaydi. Yaʼni, ancha zaif radiatsiyaga ega quloqchinlar bu xavfni oshira olmasligi aniq.Ushbu masalani o‘rgangan olimlar saraton va simsiz gadjetlardan foydalanish o‘rtasidagi bog‘liqlikning aniq dalillarini topa olishmadi. Shunday ekan, tarqatilayotgan maʼlumotlar eski feyk maʼlumotlarning takrori bo‘lib, aniqlangan ilmiy faktlarga ziddir.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Simsiz quloqchinlar va boshqa gadjetlar saratonga olib kelishi mumkinmi? | Zamon.uz