Salomatlik

Xitoylik olimlar silni davolashning samarali yo‘lini topishdi

Dunyoda yiliga 1,7 million nafar kishi kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumadi.

Xitoylik olimlar silni davolashning samarali yo‘lini topishdi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, dunyoda yiliga 10 million kishi tuberkulyoz xastaligiga chalinadi.

 

Maʼlumki, tuberkulyoz 99 foiz holatda havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi va asosan o‘pkani zararlaydi. Xastalik qo‘zg‘atuvchisi sil tayoqchalari hisoblanib, ular har qanday sharoitga chidamli. Yaʼni issiqda ham, sovuqda ham ko‘paya olish xususiyatini yo‘qotmaydi.

 

Yaqinda xitoylik olimlar mazkur bakteriyaning immunitetga oson “chap berishi” sababini aniqladi.

 

Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, sil tayoqchasi infeksiyadan zararlangan hujayraning o‘z-o‘zini yo‘q qilishiga yo‘l bermaydi va yallig‘lanish reaksiyasini keltirib chiqaradi.

 

Shu bois Xitoy mikrobiologiya instituti olimlari sil tayoqchasining butun genomini va u ajratib chiqaradigan hamda hujayralarga taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barcha oqsillarni o‘rgandi.

 

Yakunda shubha ostiga olingan 201 ta oqsil orasidan PtpB deb nomlangani ajratib olindi. Maʼlum bo‘lishicha, u zararlangan hujayralarning o‘z-o‘zini yo‘q qilishiga qarshilik ko‘rsatish xususiyatiga ega. Yaʼni bemor immunitetining javob reaksiyasini susaytirib, infeksiyaning o‘pka bo‘ylab keng tarqalishiga imkon yaratadi.

 

Aytish joizki, ushbu tadqiqot natijasi kelgusida patogenning o‘ziga emas, bevosita oqsillarga taʼsir qilish orqali tuberkulyozni davolash usullarini ishlab chiqishga yordam berishi mumkin.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"