O'zbekiston

O‘qituvchilar uchun yana 2 ta ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Bu bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi.

O‘qituvchilar uchun yana 2 ta ko‘krak nishoni ta’sis etildi

 

Kecha, 24-oktyabr kuni “Oliy ta’lim a’lochisi” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.

 

Qaror bilan “Oliy ta’lim a’lochisi” hamda “O‘rta maxsus va professional ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari ta’sis etildi.

 

Ko‘krak nishonlari bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan fuqarolar taqdirlanadi.

 

Ko‘krak nishonlari bilan mukofotlash Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i asosida amalga oshirilib, u mukofotlangan shaxslarga 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida topshiriladi.

 

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

custom img

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish: 14 yoshga to‘lmagan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun jazo kuchaytiriladi

Senatda jazo choralarini kuchaytirish ko‘rib chiqilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"