O'zbekiston

Bugundan qonunchilikda nimalar o'zgaradi?

Oʻzbekistonda 1-noyabrdan kuchga kiradigan oʻzgartirishlar maʼlum qilindi.

Bugundan qonunchilikda nimalar o'zgaradi?

 

 

  • Tibbiyot yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalar ishga joylashtiriladi

Shifokorlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlagan holda respublikaning barcha hududlarida mavjud vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralari ko'riladi.

  • Oʻzbekistonda tadbirkorlar faoliyatini tekshirishning yangi tartibi joriy etiladi

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olinadi.

Bunda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida mazkur tizimda roʻyxatga olinmagan tekshiruvlarni oʻtkazish noqonuniy hisoblanadi.

  • Koʻp kvartirali uylarning umumiy mulki hududida qoʻshimcha obyekt qurish taqiqlanadi

Qurilish-montaj ishlari (rekonstruksiyasi) tugallangan koʻp kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan soʻng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash yer uchastkasini kamaytirish va tutash yer uchastkasida qoʻshimcha koʻp kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk boʻlmagan obyekt qurish uchun oʻzgartirish kiritish taqiqlanadi.

  • Tomorqa yer egalarini kasanachilik bilan band qilgan tadbirkorlarga subsidiya beriladi

Tomorqa yer uchastkalari egalarini kooperatsiya va kasanachilik asosida ish bilan band qilgan tadbirkorlarga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan BHMning 20 baravarigacha (6 mln soʻmgacha) miqdorda hokim yordamchilari tavsiyasiga asosan subsidiya ajratiladi.

  • Haydovchilar uchun beriladigan tibbiy maʼlumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi

Haydovchi va haydovchilikka nomzodlarning avtomototransport vositasini boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotlarning yagona elektron bazasi shakllantiriladi va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

  • Yoshlarga kompyuter sotib olish uchun isteʼmol krediti ajratiladi

IT-park rezidenti boʻlgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu oʻquv kurslarini soʻnggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun BHMning 25 baravarigacha (7,5 mln soʻmgacha) isteʼmol kreditlari ajratiladi.

  • Tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati kengaytiriladi

Bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati oʻtgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorga nisbatan jarima qoʻllanilmaydi.

  • “Korobka” holatdagi uy-joylar uchun subsidiya ajratishga ruxsat beriladi

Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan tayyor holda topshirish shartisiz qurilgan uylardagi kvartiralarni (xonalarga boʻlingan va pardoz ishlariga tayyor) birlamchi uy-joy bozorida sotib olish uchun ipoteka kreditlarini ajratishga hamda ular boʻyicha va ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya toʻlashga ruxsat beriladi.

  • Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari kengaytiriladi

Yana 10 ta faoliyat turi oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatga kiritiladi.

O'z-o'zini ish bilan ta'minlovchilar uchun kengaytirilgan tadbirlar ro'yxati:

            — avtomobil bozorlarida vositachilik xizmatlari;

            —rieltorlik xizmatlarini ko'rsatish;

            —uyda sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash va sotish bo'yicha xizmatlar;

    —uy-ro'zg'or buyumlarini ijaraga berish xizmatlari (stol va stullar, idish-tovoqlar,                 jihozlar va boshqalar);

      —gips va ganchdan mahsulotlar ishlab chiqarish (uy-ro'zg'or buyumlari, qahramonlar                 haykallari);

      —tosh va toshdan yasalgan buyumlardan yodgorliklar, suvenirlar va bezak buyumlari                 ishlab chiqarish;

    —to'quv savatlari, non mahsulotlari va boshqa yog'och mahsulotlari uchun maxsus              idishlar;

   —shaxsiy tomorqalarda uy sharoitida pilla, tut nihollari va ko‘chatlari yetishtirish, shuningdek, uyda ipak gazlama va  shoyi gilam to‘qish va sotish;

         —kulolchilik.

 

  • Uy-joy sotib olish uchun subsidiyalarni soddalashtirilgan berish

 

  • Nikoh tuzish uchun arizalarni DHM orqali qabul qilish eksperimenti oʻtkaziladi.

 

Nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyatidagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish boʻyicha huquqiy eksperiment oʻtkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdi.

custom img

Botanika bog‘idagi daraxtlar kesilyaptimi? Fanlar akademiyasi izoh berdi

Toshkent Botanika bog‘idagi daraxt kesish va qazish ishlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

custom img

4 yilda 445 ta ish: 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni zo‘rlash holatlari bo‘yicha statistika e’lon qilindi

Parlamentda bolalarni himoya qilish va jazolarni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

22 nafar o‘quvchi zaharlandi: maktab yonidagi paxta dalasiga dori sepilgan

G‘uzorda paxta dalasiga erta yetilishni taʼminlash maqsadida dori sepilgani ortidan o‘quvchilarda ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan.

custom img

14 yoshga to‘lmagan bolalarga jinsiy tajovuz uchun umrbod qamoq: Qonunchilik palatasida taklif ko‘rib chiqilmoqda

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish, jabrlangan bolalarni tergov va sud jarayonlarida himoya qilish hamda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish taklif etilmoqda.

custom img

“Bolaning xavfsizligi eng asosiy talab”: vazirlik barcha bog‘chalarni tekshirmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Uchqo‘rg‘ondagi voqea ortidan barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari faoliyatini o‘rganmoqda.

custom img

9 ta viloyatda sel xavfi: O‘zgidromet ogohlantirdi

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi yuzaga kelishi mumkin.

custom img

5 yilgacha qamoq: ruxsatnomasiz “dom” qurishga jazo kuchaytirildi

Qurishni boshlashdan oldin tegishli hududiy inspeksiyadan ruxsatnoma olish talab etiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"