Salomatlik

Tibbiyot xodimlari bodikamera bilan taʼminlanishi mumkin

Ayni paytda deputatlar tibbiyot xodimlari faoliyatiga oid qonun loyihasini muhokamadan o‘tkazishmoqda.

Tibbiyot xodimlari bodikamera bilan taʼminlanishi mumkin

 

O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarini ham bodikamera bilan taʼminlash taklif etildi. 

 

Qayd etilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Qosimova qonunchilikka kiritilayotgan bu o‘zgartishlar haqida fikr bildirgan.

 

«Tibbiyot xodimlariga tajovuz qilish bilan bog‘liq holatlar jamiyatimizdagi illatlardan biriga aylanib borayotgani juda achinarli. Buning oldini olishda eng samarali yo‘l noqonuniy xatti-harakatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish, deb hisoblayman. Fikrimcha, basharti shaxs ayni vaqtda jamoat tartibini buzayotgani va jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilayotganini ham yaqqol anglagan bo‘lsa, qilmish bezorilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim», — degan deputat.

 

Shu maqsadda Jinoyat kodeksining bezorilik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi normasiga jinoyatning o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan sodir qilganini nazarda tutuvchi qo‘shimcha band kiritish kerakligi taʼkidlangan.

 

Ushbu bandda nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor, deb topilganlar uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin bo‘ladi.

 

“Ichki ishlar organlari xodimlarida ana shunday moslamalar mavjud. Ayni paytda 3 ming nafarga yaqin tibbiyot xodimi mavjud deb hisoblasak, ushbu masalani hal qilish katta mablag‘ talab qilmasa kerak. Aksincha, bu orqali fuqarolarning ham, tibbiyot xodimining ham masʼuliyati oshadi, zo‘ravonliklarga barham beriladi”, deya qo‘shimcha qilgan Qizilgul Qosimova.

 

Shu bilan birga, ko‘chada tez yordam mashinasiga yo‘l bermaslik holatlariga nisbatan ham jarimalar hajmini ko‘paytirish kerakligi, xususan, tibbiyot xodimi, tibbiy yordam kabi tushunchalarga taʼrif berilib, tibbiyot xodimlari faoliyatiga aralashganlik qonunchilikda tegishli tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilanishi zarurligi taʼkidlangan.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Tibbiyot xodimlari bodikamera bilan taʼminlanishi mumkin | Zamon.uz