Bugun respublika bo'ylab yomg‘ir yog'adi
Tog'li va tog'oldi hududlarda sel kelish xavfi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo qisman bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Gʻarbiy shamol tezligida 5-10 metr sekund, 10-12 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-10, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida qisman bulutli havo kuzatiladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda 15-20 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7, kunduzi 4-9 daraja iliq bo'ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo qisman bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda 15-20 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo qisman bulutli, yomg‘ir yog‘adi, joylarda kuchayishi mumkin. G‘arbiy shamol tezligi 7-12 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Kechasi harorat 5—10, kunduzi 8—13 daraja issiq bo'ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo qisman bulutli bo'ladi, yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol tezligi 7-12 metr sekundni tashkil etadi. Kechasi harorat 7—12, kunduzi 11—16 daraja iliq bo'ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo qisman bulutli bo'ladi, kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol tezligi 7-12 metr sekund. Kechasi harorat 5—10, kunduzi 7—12 daraja iliq bo'ladi.







