Jahon

Rossiya Xersondan chekinadi

Shahar 3-mart kuni egallab olingandi.

Rossiya Xersondan chekinadi

 

Rossiya Xersondagi qo‘shinlarini Dneprning chap qirg‘og‘iga evakuasiya qiladi. Mamlakat mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi rus qo‘shinlari qo‘mondoni Sergey Surovikinga shu mazmunda topshiriq berdi. 

 

Surovikin qo‘shinlarning olib ketilishi yaqin kunlarda amalga oshirilishini aytgan. 

 

“Shakllangan vaziyatni har tomonlama baholab Dnepr daryosi chap qirg‘og‘ida mudofaani shakllantirishni taklif qilaman”, – degan general. 

 

U Ukraina qo‘shinlarini Kaxovka GESni portlatishga urinishlarda ayblagan. Shu bilan birga chekinish harbiylar hayotini saqlab qolish uchun amalga oshirilayotgani ta’kidlangan. 

 

Shoygu ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlagan.

 

Rus qo‘shinlari Ukrainaga bosqinning ilk kunlarida Xersonni egalla olgandi. Ushbu hududlarda rossiyaparast ma’muriyat tuzilgandi. 30 sentyabrda Xerson Rossiya tarkibiga qo‘shib olingani e’lon qilindi. 

 

Ko‘plab tahlilchilar Xersonning boy berilishini Rossiya qo‘shinlarining strategik muvaffaqiyatsizligi sifatida baholamoqda. Ayrim manbalarga ko‘ra, Gʻarb davlatlari Ukrainaga ushbu shaharni ozod qilgach, Moskva bilan muzokara boshlashni taklif qilgan.

 

custom img

Moskva viloyatidagi kimyo zavodida portlashlar: yetti kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

Portlash oqibatida vayron bo‘lgan binoda 44 kishi bo‘lgan.

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"