Turkiya Rossiya donini ehtiyojmand davlatlarga un qilib yetkazib bermoqchi

Rossiya doni uchinchi davlatlarga jo‘natilishidan oldin un, makaron va bulg‘or qilib qayta ishlanadi. Buning uchun Turkiyada bo‘sh sanoat quvvatlari yetarlicha.

Turkiya Rossiya donini ehtiyojmand davlatlarga un qilib yetkazib bermoqchi

 

Bu haqda Turkiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Vaxit Kirishji maʼlum qildi. 

 

«Masalan, bizda don mahsulotlaridan un, makaron va bulg‘or ishlab chiqarish uchun imkoniyat mavjud. Turkiya bo‘sh turgan sanoat quvvatlaridan foydalanish niyatida. Rossiyadan olib kelingan bepul bug‘doy zavodlarimizda qayta ishlagandan so‘ng, ehtiyojmand davlatlarga jo‘natiladi. Maqsadimiz ularga bug‘doyni bulg‘or, un sifatida tekinga yetkazib berish», — dedi vazir.

 

O‘z navbatida, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li tomonlarda noroziliklar bo‘lmasa, mavjud don kelishuvini uzaytirish uchun hech qanday alohida hujjat imzolashga zarurat yo‘qligini taʼkidladi.

 

«Istanbul memorandumining amal qilish muddati – to‘rt oy. Agar tomonlarning eʼtirozlari bo‘lmasa, amal qilish muddati uzaytiriladi. Yangi shartnoma tuzishga hojat yo‘q. Rossiya o‘g‘itlarini eksport qilish masalasi erishilgan kelishuvning bir qismidir. Rossiya tomoni bu boradagi ayrim talablari bajarilmaganidan xavotirda. Hozirda ushbu xavotirlarni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda», — deydi Chavusho‘g‘li.

 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozir shartnomaning Rossiyaga aloqador qismi bo‘yicha faol muzokaralar jarayoni boshlangan. Xususan, BMT Bosh kotibi Rossiya don va o‘g‘itlarini eksport qilish yo‘lidagi qolgan to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 4 noyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Rossiya don mahsulotlarini kambag‘al davlatlarga bepul yetkazib berish to‘g‘risida kelishuvga erishgandi.

 

Don mahsulotlari bo‘yicha dastlabki kelishuv esa 22 iyul kuni Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ishtirokida erishilgan edi. Unga ko‘ra Ukraina va Rossiya omoborlarida saqlanayotgan va harbiy harakatlar tufayli Qora dengiz orqali olib chiqishning imkoni bo‘lmagan don mahsulotlarini birinchi navbatda Afrikaning ehtiyojmand davlatlariga yetkazib berish haqida kelishib olingan edi. Ushbu shartnoma don mahsulotlarini Qora dengizning uchta portdan, jumladan Odessadan olib chiqishni nazarda tutadi.

 

Yaxshi niyatda amalga oshirilgan ushbu bitimdan Ukraina maxsus xizmatlari o‘zlarining g‘arazli maqsadlarida foydalanishdan toymadi. Xususan Qrim ko‘prigida terakt uyushtirishda foydalanilgan portlovchi moslama Odessa portidan don solingan kemalarda olib chiqilgani va Bolgariya hamda Armaniston orqali Rossiyaga olib kirilgani aniqlangan.

 

Shuningdek, 29 oktyabr kuni Kiyev rejimi Sevastopolda rus kemalariga terakt uyushtirganidan so‘ng, Rossiya don bitimidagi ishtirokini to‘xtatdi, biroq Turkiya bilan muzokaralar olib borgach va Ukrainadan yozma kafolatlar olgach, kelishuvga qaytdi.

 

Undan tashqari, Putin agar Kiyev o‘z majburiyatlarini qayta buzsa, Rossiya shartnomadan chiqishini taʼkidladi. Ammo bu holatda ham u Afrikaning eng qashshoq mamlakatlariga Ukrainadan jo‘natilgan donning butun hajmini yetkazib berishga tayyorligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

Turkiya Rossiya donini ehtiyojmand davlatlarga un qilib yetkazib bermoqchi | Zamon.uz