Jahon

Bayden: Ukrainaning o‘zi hududiy yon berish masalasini hal qilishi kerak

AQSH yetakchisi Vashington Uchinchi jahon urushi boshlash niyatida emasligini aytdi.

Bayden: Ukrainaning o‘zi hududiy yon berish masalasini hal qilishi kerak

 

AQSH Ukrainani parvozlardan holi hudud deb eʼlon qilishdan voz kechdi. Jozef Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar uchinchi jahon urushini boshlamoqchi emas. 

 

Oq uydagi matbuot anjumanida AQSH Prezidentidan Ukrainaga doimiy asosda yordam ko‘rsatish masalasi so‘ralgan.

 

"Men shuni kutyapman. Shu bilan birga, biz Ukrainaga kart-blansh taqdim etmayapmiz. Ular uchun ko‘p narsa qildik. Masalan, mendan Ukrainani parvozlardan holi hududga aylantirishda AQSH samolyotlaridan foydalanishni ko‘p so‘rashdi. Ammo biz buni amalga oshirmaymiz. Rossiya samolyotlarini urib tushirib, Uchinchi jahon urushini boshlamoqchi emasmiz", — degan Bayden.

 

Bundan tashqari, Prezident ukrain armiyasi Rossiya shaharlarini bombardimon qilishini istamasligini aytgan va shuning uchun 965 km uzoqlikka uchadigan raketalar bermaganini qayd etgan.

 

Hududiy yon berishlar haqida gapirar ekan, Bayden bu masalani Kiyevning o‘zi hal qilishi kerakligini taʼkidlagan. U ushbu masalada Vashington Ukrainaga bosim o‘tkazmasligini qo‘shimcha qilgan.

 

Avvalroq Rossiya qo‘shinlari Xersondan chekinishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"