Lifestyle

Bugun respublika bo'ylab qor yog‘ishi kutilmoqda

"O'zgidromet" 16-noyabr uchun ob-havo prognozini ma'lum qildi.

Bugun respublika bo'ylab qor yog‘ishi kutilmoqda

 

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, kechga tamon qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o’zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo’ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7, kunduzi 3-8 daraja iliq bo’ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida

havo o’zgarib turadi, yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo’ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yomg’ir yog’adi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9, kunduzi 6-11 daraja iliq bo’ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo’ladi.

 

Respublikaning tog'li hududlarida havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi. ba’zi joylarda kuchli bo’lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo’ladi.

Bugun respublika bo'ylab qor yog‘ishi kutilmoqda | Zamon.uz