0

O‘zbekistonning 10 ta hududida yer qimirladi

Zilzia episentri Samarqand viloyati.

O‘zbekistonning 10 ta hududida yer qimirladi

 

Bugun, 15-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:58 da Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar qildi.

 

Zilzila koordinatalari: 39,81 gradus shimoliy kenglik; 65,56 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 15-kilometrga yetgan. Zilzila episentri Toshkentdan 349 km janubiy-g‘arbda joylashgan. 

 

O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:


—Paxtachi tumanida 4 ball, 8 km.
—Karmana tumanida 3 ball, 35 km.
—Navoiy shahrida 3 ball, 36 km.
—Narpay tumanida 3 ball, 38 km.
—Nurobod tumanida 2-3 ball, 42 km.
—Navbahor tumanida 2-3 ball, 50 km.
—Xatirchi tumanida 2-3 ball, 53 km.
—Qiziltepa tumanida 2 ball, 55 km.
—Muborak tumanida 2 ball, 63 km.
—Kattaqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 65 km.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"