Salomatlik

Gematologiya kasalliklarini davolash uslublari har ikki yilda yangilanadi

Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun xorijdan mutaxassislar chaqiriladi.

Gematologiya kasalliklarini davolash uslublari har ikki yilda yangilanadi

 

Endi har ikki yilda gematologiya, onkogematologiya yo‘nalishlarida tashxislash va davolash standartlari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 15 noyabr kuni qabul qilingan “Onkogematologik, onkologik, birlamchi immunodefitsit va davolash qiyin bo‘lgan hamda qon tizimi kasalliklarini davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilandi, deb xabar bermoqda “Sputnik”.

 

Qarorga muvofiq, Sog‘liqni saqlash vazirligiga bir oy muddatda:

 

onkologiya va klinik immunologiyasi markazlarida davolanayotgan har bir bemorning kasallik xususiyatidan kelib chiqqan holda, ularni davolash rejasi bo‘yicha har bir markaz uchun alohida “yo‘l xarita”larini ishlab chiqish;

tuman (shahar)lar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida hamda viloyat ko‘p tarmoqli bolalar markazlarida ommaviy skrining usulida onkogematologik, onkologik va birlamchi immunodefitsit hamda qon tizimi kasalliklarini erta aniqlash bo‘yicha maqsadli tekshiruvlar o‘tkazish tartibi, mezonlari va bemorlarni soha mutaxassislariga yo‘naltirish tartibini tasdiqlash topshirildi.

Ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasi asosida har ikki yilda gematologiya, onkogematologiya yo‘nalishlarida tashxislash va davolash standartlari qayta ko‘rib chiqiladi.

 

Shuningdek, onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklar bo‘yicha yuqori texnologiyali murakkab operatsiyalarni amalga oshirish uchun yuqori malakali xorijiy mutaxassislar respublikaga jalb qilinadi.

 

Leykoz, miyeloma, limfoma, aplastik va tug‘ma gemolitik anemiya kasalliklariga chalingan bemorlarda autologik o‘zak hujayralari transplantatsiyasi amaliyotini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan aseptik sharoitga ega qo‘shimcha ikkita besh qavatli binolarni markazlar hududida qurish ham nazarda tutilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 27 may kuni O‘zbekiston Prezidentining “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Unda onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya xizmatini yana-da rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun Davlat byudjetidan 2022 yildan boshlab 125 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘ ajratilishi nazarda tutilgan.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Gematologiya kasalliklarini davolash uslublari har ikki yilda yangilanadi | Zamon.uz