Siyosat

O‘zbekistonda yashil maydonlar 8 foizdan 30 foizga oshiriladi

Prezident bu bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

O‘zbekistonda yashil maydonlar 8 foizdan 30 foizga oshiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosini samarali tashkil etish, o‘rmon xo‘jaligida boshqaruvni maqbullashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Daraxtzorlar havo tozaligini ta’minlaydigan, yurtga ko‘rk bag‘ishlaydigan boylikdir. Bunday hududlarni ko‘paytirish maqsadida o‘tgan yili davlat rahbari tashabbusi bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi e’lon qilingan edi. Uning doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish belgilandi. O‘zbekistondagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirildi.

 

O‘tgan qisqa vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 535 gektar daraxtzor, 638 gektar “yashil jamoat parklari” tashkil etildi. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida “Yashil hudud” davlat unitar korxonasi tuzilib, zarur texnikalar bilan ta’minlandi.

 

Mamlakatdagi ekologik vaziyat va bajarilgan ishlar tahlili bu harakatni yanada kengaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Xususan, atmosfera havosi turli kimyoviy moddalar va og‘ir metallar bilan ifloslangan. Ko‘chatlar ekish va parvarishlash jarayonlarida hokimliklar bilan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining vazifalari aniq taqsimlanmagan.

 

Shu bois ushbu tadbirlarga O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini yagona mas’ul tashkilot etib belgilash taklif etilmoqda. “Yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni barpo etish, daraxtlarni parvarishlash va ularni 3 yil davomida saqlash “Yashil hudud” korxonasi tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

 

Shuningdek, daraxtlar ekiladigan yer maydonlarini aniqlash va loyihalashtirish, ko‘chatxonalarni ko‘paytirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, o‘rmon xo‘jaliklari uchun maxsus texnikalar sotib olish choralari nazarda tutilmoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu ishlarning mamlakat ekologiyasi va xalqimiz salomatligidagi ahamiyatini ta’kidlab, chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish vazifasini qo‘ydi.

 

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

O‘zbekistonda yashil maydonlar 8 foizdan 30 foizga oshiriladi | Zamon.uz