Lifestyle

"O'zgidromet" shoshilinch axborot e'lon qildi

Bugun respublika bo'ylab yog'ingarchilik kuzatilishi aytilmoqda.

"O'zgidromet" shoshilinch axborot e'lon qildi

 

18-22-noyabr kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;

Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;Jizzax viloyati: Zomin tumani

Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq,tumani va Chotqol tizmasining “Chimyon” tog‘larida;

Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;

Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.

 

"Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz",- deyiladi xabarda.