Iqtisodiyot

Davlat bojini kamaytirishga qaratilgan qonun maʼqullandi

Bu Senatning o‘ttiz beshinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqildi.

Davlat bojini kamaytirishga qaratilgan qonun maʼqullandi

 

Senatning o‘ttiz beshinchi yalpi majlisida «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, qonun notarial harakatlarni amalga oshirish jarayonlarini tubdan soddalashtirish, davlat bojidan ozod qilish, davlat bojini undirishning o‘ziga xos xususiyatlariga aniqlik kiritish orqali insonlarga yengillik yaratishga qaratilgan.

 

Qonun bilan vafot etgan fuqaroning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya taʼminotiga nisbatan merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnomani berishda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi belgilangan bo‘lib, bu borada yuzaga kelayotgan muammolar hal etilishi ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun undiriladigan to‘lovlar miqdorini fuqarolar uchun tushunarli tarzda bayon etilishini hamda shaffofligini taʼminlash maqsadida davlat boji stavkalari optimallashtirilgan. Qonunga asosan mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o‘zgartirishlar kiritganlik uchun belgilangan davlat boji miqdorlari ikki barobarga kamaytirilgan.

 

Garov, ipoteka va lizing shartnomalarini, qarz shartnomalarini hamda avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun tabaqalashgan davlat boji stavkalari birxillashtirilib, yagona stavka miqdorida belgilangan.


Qonun bilan avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalar, shuningdek, avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun qarindoshligi bo‘lmagan boshqa shaxslardan undiriladigan davlat boji miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobaridan 2 barobariga kamaytirilgan.

 

Bundan tashqari, fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasini tuzishda va ijro etishda ehtimoliy nizolarni oldining olish, sudlardagi ish yuklamasini kamaytirish maqsadida, qonun bilan chet el valyutasida ushbu turdagi shartnomalarni notarial tartibda rasmiylashtirishda davlat boji miqdorini ikki baravarga kamaytirish nazarda tutilgan.

 

Mazkur qonunning qabul qilinishi davlat bojini hisoblashdagi va undirishdagi ayrim tushunmovchiliklarni oldini olinishini, notariuslar tomonidan davlat boji bo‘yicha imtiyozlarni to‘g‘ri qo‘llashni hamda fuqarolar uchun davlat bojini to‘lovlari yuzasidan yengillikni taʼminlaydi. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullangan.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"