Iqtisodiyot

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda investitsiyalarning samaradorligi va loyihalar sifati masalalari muhokama qilindi.

 

Davlat rahbari har bir yangi loyiha va jalb etilgan mablag‘lar iqtisodiyotda qo‘shilgan qiymat yaratishi, yuqori daromadli ish o‘rinlari tashkil etishi hamda eksport hajmini oshirishga xizmat qilishi zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shart.

 

Yig‘ilishda investitsiya loyihalarini ishga tushirilgandan keyin monitoring qilish platformasi yaratilgani ma’lum qilindi. Ushbu tizim soliq, bojxona, bandlik, kadastr va kommunal sohalar bazalari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, korxonalar faoliyatini 39 ta ko‘rsatkich asosida tahlil qilmoqda.

 

Tahlillar natijasida oxirgi uch yilda ishga tushgan 688 ta korxonadan 210 tasi ishlab chiqarish quvvatidan to‘liq foydalanmayotgani aniqlangan. Natijada 33 trillion so‘mlik ishlab chiqarish hajmi yo‘qotilgan, 23 mingga yaqin ish o‘rni band etilmay qolgan.

 

Mazkur holat hokimlarning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatiga berilgan baho sifatida ko‘rsatildi. Mutasaddilarga 210 ta korxona kesimida aniq “yo‘l xaritasi” ishlab chiqib, muammolarni bartaraf etish muddatlari va mas’ullarni belgilash topshirildi.

 

Shuningdek, hududiy rahbarlarning investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari mazkur korxonalar bilan bevosita ishlashi, amalga oshirilgan ishlarni maxsus platformaga kiritib borishi belgilandi. Birinchi yarim yillik yakuniga qadar natija bo‘lmasa, ularning lavozimiga munosibligi qayta ko‘rib chiqilishi qayd etildi.

 

Ma’lum qilinishicha, 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etish rejalashtirilgan. Prezidentning ta’kidlashicha, investitsiyada sifatga erishish uchun loyihaning ilk bosqichidayoq to‘g‘ri tanlov qilish va salohiyatli investorlarni jalb etish muhim.

 

Yig‘ilishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali iqtisodiyot uchun eng samarali loyihalarni aniqlash zarurligi qayd etildi. Shu maqsadda mavjud ishlab chiqarish quvvatlari hamda ichki va tashqi bozordagi talabni tahlil qilib, qayerda va qanday loyiha amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar beradigan platformani ishga tushirish topshirildi. Investorlar va konsalting kompaniyalari uchun ushbu tizimdan “yagona darcha” tamoyili asosida foydalanish imkoniyati yaratiladi.

 

Bugungi kunda mamlakatda xorijiy investitsiya ishtirokida 18 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Biroq ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan 526 ta korxona hali biror marta ham eksport qilmagan. Yana 767 ta korxona esa asosan import bilan shug‘ullanib, mahsulotlarni ichki bozorda sotmoqda.

 

Ushbu korxonalar bilan gaplashib, chetdan o‘z mahsulotini olib kelib sotayotganlariga shu yerning o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi uchun loyihalar taklif qilish, ularni mahalliy tadbirkorlar bilan bog‘lab, ehtiyot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, mahsulotini ichki bozorda sotayotganlariga eksportga chiqish uchun nima yordam kerakligini o‘rganish muhim ekani ta’kidlandi. 

 

Mutasaddilarga bu borada alohida dastur ishlab chiqish topshirildi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalarini tanqidiy muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"