Iqtisodiyot

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Prezident farmoni asosida korxonalarning 2025-yil yakuni bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish holatiga oid ma’lumotlarning ochiq e’lon qilinishi tahlil qilindi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hisobot davrida umumiy qiymati 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlari qo‘llanilgan.

 

 

Xususan, 143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan foydalangan bo‘lib, ularning umumiy hajmi 119 trln so‘mni tashkil etgan. Shundan 139 020 ta yuridik shaxs tomonidan 118,9 trln so‘m, 4 185 ta yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan esa 120,7 mlrd so‘m miqdorida imtiyozlardan foydalanilgan.

 

 

Shu bilan birga, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 59,1 trln so‘mni tashkil etgan.

 

Xususan, davlat ahamiyatiga molik loyihalar doirasida 12,6 trln so‘m, chet davlatlar vakolatxonalari va diplomatik agentlari tomonidan 345 mlrd so‘mlik imtiyozlar qo‘llanilgan.

 

 

Bundan tashqari, 75 ta xorijiy yuridik shaxsning O‘zbekistondagi doimiy muassasalari tomonidan 2,46 trln so‘mlik bojxona imtiyozlaridan foydalanilgani qayd etilgan.

 

Agentlik ma’lum qilishicha, mazkur yo‘nalishdagi ma’lumotlarning belgilangan muddatlarda ochiqlanishi doimiy ravishda monitoring qilib boriladi.

 

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

custom img

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalarini tanqidiy muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"