Iqtisodiyot

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondagi sho‘ba bankini yopishi sabab 5 mlrd tenge (taxminan 130 mlrd so‘m) miqdorida zarar qayd etdi

 

Ma’lum qilinishicha, zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan. Bank 2024-yilda O‘zbekistondagi sho‘ba bank kapitaliga 7,56 mlrd tenge, ya’ni qariyb 200 mlrd so‘m investitsiya kiritgan edi. 2025-yil avgustida esa rahbariyat mamlakatdagi faoliyatni to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan.

 

Bank hisobotida 5 mlrd tenge miqdoridagi zarar foyda va zararlar hisobotida aks ettirilgani, sho‘ba korxona tugatilishidan qaytarilishi kutilayotgan 2,56 mlrd tenge aktiv esa boshqa aktivlar sifatida qayd etilgani aytilgan.

 

Yevroosiyo banki O‘zbekiston bozoriga kirish uchun bir necha yil tayyorgarlik ko‘rgan edi. Bank kamida 2017-yildan ekspansiya rejalari ustida ishlagan, 2022-yilda esa O‘zbekistonda sho‘ba bank ochish uchun Qozog‘iston regulyatoridan ruxsat olgan. 

 

2024-yil yanvarida O‘zbekiston regulyatori tomonidan litsenziya ham berilgan. Shunga qaramay, bank 2025-yil o‘rtalariga kelib faoliyatini to‘xtatdi.

 

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston bozorini tark etayotgan Qozog‘iston kompaniyalar soni ortmoqda. Xususan, 2025-yil yozida Kaspi’ga aloqador “Magnum” riteyleri ham mamlakatdan chiqib ketgan edi. Kompaniya O‘zbekiston bozoriga 2021-yilda kirgan, keyinchalik Carrefour do‘konlari tarmog‘ini boshqaruvchi kompaniyani ham sotib olgan.

 

Bundan tashqari, Timur Turlov nazoratidagi Freedom Bank ham O‘zbekiston bozoriga chiqish imkoniyatlarini o‘rganayotganini bildirgan edi. Ammo keyinchalik kompaniya Qirg‘iziston bozoriga chiqish rejasidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi. O‘zbekistonga oid rejalar esa hozircha noma’lumligicha qolmoqda.

 

Ayni paytda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik qozog‘iston banklaridan biri Halyk Bank bo‘lib, u Tenge Bank orqali ishlamoqda. Bank avvalroq Click to‘lov tizimi bilan aksiyalarni o‘zaro sotish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgan edi.

custom img

Dunyo chuqur qayta qurish jarayonlarini boshidan kechirmoqda — Prezident Shavkat Mirziyoyev

Prezident Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi yig‘ilishida nutq so‘zlamoqda.

custom img

Toshkentda bir soatlik elektr uzilishi iqtisodiyotga 3,5 mln dollar zarar yetkazishi mumkin

Ayrim omillar sabab real zarar biroz kamroq bo‘lishi, ikkilamchi oqibatlar hisobga olinganda esa yo‘qotishlar karrasiga ortishi ehtimoli bor.

custom img

May oyida so‘m kursi qanday o‘zgardi?

Apreldagi mustahkamlanishdan so‘ng milliy valyuta may oyida dollarga nisbatan qadrsizlandi. So‘mning kunlik tebranuvchanligi esa sezilarli oshdi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yil I chorakda 47 mlrd dollarga yetdi

Mazkur miqdorning 85 foizi tashqi, 15 foizi ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

custom img

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalarini tanqidiy muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"