Iqtisodiyot

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

“O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.

O‘zbekiston ilk bor xalqaro IPO orqali 600 million dollardan ortiq investitsiya jalb qildi

O‘zbekiston tarixida ilk bor yirik xalqaro aksiyadorlik bitimi amalga oshirildi. “O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi” AJ (UzNIF) aksiyalari London va Toshkent fond birjalarida ommaviy savdoga chiqarildi.



Mazkur IPO natijasida mamlakat iqtisodiyotiga qariyb 604 million AQSH dollari miqdorida investitsiya jalb qilindi. Hozirgi kunda jamg‘armaning umumiy bozor qiymati 1,95 milliard dollar atrofida baholanmoqda.



Eng muhim jihatlardan biri shundaki, endilikda mahalliy va xorijiy investorlar O‘zbekistonning yirik davlat aktivlariga sarmoya kiritish hamda iqtisodiy o‘sishdan bevosita daromad olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Mahalliy investorlar uchun aksiyalar narxi 4,65 so‘m etib belgilandi, jismoniy shaxslarga esa 5 foizlik imtiyoz taqdim etildi.



Shuningdek, “BlackRock”, “Franklin Resources”, “Redwheel” kabi yirik xalqaro investitsiya kompaniyalarining ishtiroki O‘zbekistonga bo‘lgan global ishonch ortib borayotganini ko‘rsatadi.



Ushbu bitim mamlakat iqtisodiyotining ochiqligi, shaffofligi hamda jahon moliya tizimiga integratsiyalashuv jarayonining muhim bosqichi sifatida qayd etilmoqda.

custom img

Qozog‘istonning Yevroosiyo banki O‘zbekistondan chiqishi ortidan milliardlab zarar ko‘rdi

Zarar investitsiyalar qadrsizlanishi natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda tashkilot va muassasalar 178,1 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi

143 205 ta subyekt soliq imtiyozlaridan, 15 346 ta tashkilot bojxona imtiyozlaridan foydalangan.

custom img

O‘zbekistonga 2026-yilda 53 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etiladi

Prezident barcha rahbarlar uchun investitsiya sifati asosiy mezon bo‘lishi shartligini bildirdi.

custom img

Buxoroda uy-joy sohasidagi 1,8 trillion so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan

Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish masalalarini tanqidiy muhokama qildi.

custom img

O‘zbekistonda migrantlar yuboradigan pul miqdori 433 million dollarga oshdi

Shuningdek, hisobot davrida mamlakatdan xorijga 604 million dollar miqdorida valyuta mablag‘lari chiqarilgan.

custom img

Xitoy iqtisodiyoti AQSH iqtisodiyotini quvib o‘toladimi?

XVJ Xitoy AQSh iqtisodiyotini quvib o‘tishini prognoz qilgan edi. Lekin bugungi kunga kelib ikki mamlakat iqtisodiyoti o‘rtasidagi farq kengayib bormoqda.

custom img

Janubiy Koreyaning “Shinhan Bank”i O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Bank 2026-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonning moliyaviy regulyatorlariga ariza topshirib, kelasi yilning o‘zidayoq faoliyat boshlashni maqsad qilgan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Ben Blek bilan uchrashdi

Muloqot davomida yirik loyihalar portfeli muhokama qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"